174
Bosma platalarni tayyorlashning bir necha texnologiyalari mavjut,
faqat
mexanik yoki elektromexanik ishlov berish usullari yoki aralash – fotoximik va
mexanik usullardan foydalanib ishlab chiqarish.
Bosma platani tayyorlashning mexanik usuli bir stanokda olib boriladi va o‘z
ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:
➢
sonli dasturiy boshqarish (SDB) stanogi uchun boshqarish faylini tayyorlash;
➢
plata uchun tayyorlangan xom
ashyoni avtomatik teshish;
➢
o‘tish teshiklarini zaklyopka, vtulka, elektr o‘tkazuvchi pastani sepish orqali
metallashtirish.
Kimyoviy yo‘l bilan tayyorlashda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
➢
foto andozalarni tayyorlash. O‘tkazuvchilarning chizmasini surati fotoplotter
yordamida shaffof plyonkaga o‘tkaziladi – fotoandoza;
➢
SDB stanoki yordamida montash va o‘tish teshiklarini hosil qilish;
➢
platani xom ashyosi foto sezgir material bilan qoplanadi-fotorezest,
undan
so‘ng uni foto andoza bilan qoplanadi va quvvatli ultra binafsha nurlar bilan
nurlantiriladi, so‘ng erituvchi bilan fotorezist olib tashlanadi.
Bu jarayondan so‘ng (travlenie) plata yuzasida tayyor bosma montaj hosil
bo‘ladi. Agarda plata ko‘p qatlamli bo‘lsa, presslanadi va ortiqcha
joylarini kesib
tashlanadi. Platani tayyorlab bo‘lgach, bu platani yuziga avtomatik ravishda
elementlarni robot-manipulyator tomonidan montajni amalga oshirish mumkin
bo‘ladi.
Loyihalashtirilayotgan apparat tizim ko‘rsatgichlari
uning maketida
optimallashtiriladi, elemenlarning nominal ko‘rsatgichlari hisoblashlardagi
ko‘rsatgichlarga mos kelishi. Maketlashtirish masalasi talab etilgan chiqish
ko‘rsatgichlariga erishishga, zarur ish tartibini o‘rnatishga, apparat ishlashiga tashqi
omillarni ta’sirini tadqiqot qilishga keltiriladi.