O‘rtacha unumdorlikdagi modullar




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

O‘rtacha unumdorlikdagi modullar
.
Qimmat bo‘lmagan protsessor modullari kerak bo‘lgan holda, kam energiya 
istemol qilishi va nisbattan yuqori hisoblash unumdorligi bilan ajralib turuvchi, faol 
sovutishni ochiq sanoat standarti loyihalashtiruvchiga i talab etmaydigan ushbu 
holda yagona mavjut yechim - bu Qseven standartida bajarilgan modul. Undan 
tashqari, boshqalariga nisbattan Qseven texnik qurilmalarni loyihalashda eng ko‘p 
moslashuvchanlikni beradi, chunki ARM va x86 arxitekturalar uchun kross-
platforma bo‘lib hizmat qiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, x86 protsessorlarida 
amalga oshirilgan modul, ARM protsessorlarida amalga oshirilgan modul bilan 
Qseven standart doirasida bir-birini o‘rniga almashtirib ishlatish mumkin.
Bu bildiradiki, qurilmani loyihasini odatdagi x86 protsessorida bajarilgach, 
keyinchalik qurilmani energiya istemolini va umumiy narxini kamaytirish 
maqsadida ARM protsessoriga o‘tish mumkin bo‘ladi. Modulni sotib olish va 
hayotining davomiyligi xususida esa quydagilarni qayd qilish mumkin. Bir 
tomondan modullarda o‘rnatiladigan Intel, AMD, VIA Technology, NVidia, Texas 
Instruments kabi ishlab chiqaruvchilarning hayot davri uzun protsessorlari
ishlatiladi. Boshqa tomondan esa, hozirgi vaqtda 50 dan ortiq protsessor modulini 


169 
Qseven standartida ishlab chiqaruvchilari mavjut. Zarurat bo‘lganda ishlab 
chiqarilgan maxsulotni Qseven protsessor modulini shunga o‘xshash o‘zingizning 
ishlanmangiz bilan almashtirish mumkin. Bunda modulni ishlab chiqarilish muddati 
uncha katta bo‘lmaydi va o‘zingizni hisoblash platformangizga o‘tish mumkin 
bo‘ladi yoki turli masalalar uchun bir hil standartda texnik ko‘rsatgichlari keng 
oraliqdagi protsessor modullariga ega bo‘lish mumkin. 
Shundek qilib, loyiha yaratuvchida protsessorni ishlab chiqaruvchi bilan 
modulni o‘zini ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida tanlash imkoniyati bor, bu esa 
qo‘yilgan masaladan kelib chiqqan holda eng qulay qurilma tanlashda katta erkinlik 
beradi. Agarda Qseven standartini ancha batafsil qaralsa, u holda quyidagi asosiy
xususiyatlarni qayd qilish mumkin bo‘ladi, boshqa “moduldagi kompyuter” 
standartlardan foydali farq qiladi. 
Birinchidan, standart yadroda ARM protsessorli modullardan va shuningdek 
x86 arxitekturadan olinadigan barcha signallarni mantiqiy bayonini bergan. Shu 
jumladan bu quyidagilarga ham tegishli: 

PCI Express, SATA, USB 2.0
+
, Gigabit Ethernet kabi yuqori tezlikdagi 
interfeyslar; 

LVDS, SDVO, HDMI va Display Port kabi grafik interfeyslar; 

asosiy sanoat interfeyslar (CAN, SPI, SDIO, 12C bularga ham). 
Ikkinchidan, standartda keltirilgan: 

keltirilgan interfeyslarning signallarini to‘liq elektr bayoni; 

ulovchi raz’emlarni to‘liq konstruktorlik bayoni, unda signallarni raz’emdagi 
joylashgan o‘rni ham ko‘rsatilgan; 

modul sxemalarini konstruktorlik bayoni. 
Modullarning o‘lchami bor-yo‘g‘i 70 x 70 mm, qachonki SOM - Express da 
bu o‘lcham 125 x 95 mm ni tashkil etadi, ETX/XTX uchun esa 114 x 95 mm dan 
iborat. Tayyor bir platali kompyuter RS/104 formatli katta o‘lchamga ega – 96 x 90 
mm. Ushbu axborot ochiq harakterga ega va har qanday xoxlovchi uchun Qseven 
standart hujjatlarida bayon etilgan unga ega bo‘lish mumkin. Yuqorida o‘rnatilgan 


170 
tizimlar uchun boshqaruvchi protsessor modullarning turli variantlari ko‘rib 
chiqildi. Demak, quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 
1.Dolzarb loyihalarda ixcham yuqori unumdorli modul sifatida SOM - Express
ko‘riilsa arziydi. Ular unumdorligi yuqori, uncha qimmat emas, lekini tashqi 
sovutish moslama yoki katta radiator talab etadi. 
2.Kam istemol qiluvchi yuqori unumdorli modul sifatida, faol sovutishsiz ishlatishga 
Qseven standarti modulini tavsiya etiladi. Bu turli unumdorlikka ega, turli 
platformalarda qurilgan protsessor oilasi bo‘lib, lekin SATA, USB, SPI, LPC lar 
kabi standart interfeysga ega. Bundek modullar asosidagi qurilmalarni amaliy 
ishlatish tajribasi bor.
3.Sekin kechadigan jarayonlarni boshqarish uchun unumdoroligi kam modular 
oilasidan o‘lchami, interfeyslari va narxi bo‘yicha to‘g‘ri kelgan xoxishiy modulni 
ishlatish mumkin.
Mikrokontrollerli tizimning markaziy qismi protsessordir, uni model turini 
tanlash va unga mos tegishli bo‘lgan elemenlarni tanlash boshqarish masalasini 
yechilish harakteriga bog‘liq. Interfeys sxemalarining ko‘rsatgichlari (filtrlar, 
ARO‘, RAO‘, moslovchi kuchaytirgich) odatda standartlarga bo‘ysinadi va o‘lchash 
oralig‘idan kelib chiqqan holda hamda kirish signal turiga bog‘liq holda tanlanadi, 
shuningdek bajarish qurilma turiga ham etibor qaratiladi. 
Modulda yoki bir platali kompyuterda o‘rnatilgan protsessor arxitekturasini 
tanlashga operatsion tizim ta’sir qiladi. Va aksincha, agarda loyihalashtiruvchi 
operatsion tizimni tanlashda cheklangan bo‘lsa, bu o‘rnatiladigan protsessorni 
tanlashga ta’sir etishi mumkin. 
Linux – eng universal operatsion tizimdir. U x86 ni ham quvvatlaydi, 
shuningdek ARM ni ham quvvatlaydi. Ananaviy ARM ni tatbiq etilganda Linux 
ishlatilgan va uning asosida qurilgan Android ishlatilgan. Yaqinda Microsoft ARM 
arxitekturasi uchun Windows ni portladi. Bir platali kompyuterlarni va protsessorli 
modullarni ARM protsessorlari bilan ko‘p ishlab chiqaruvchilari Linux ni qvvatlash 
bilan cheklanadilar, bu esa ishlatilayotgan operatsion tizimga cheklanishlar qo‘yadi. 
Ko‘rilayotgan holda x86 protsessorlari ancha universal bo‘lib qolmoqda. Ular Linux 


171 
bilan ham quvvatlanadi va Windows bilan ham quvvatlanadi, VxWorks yoki QNX 
ishlatishga zarurat bo‘lganda to‘rozning pasongisi x86 protsessorlari tomonga 
bosadi. 
Windows hatto tizim narxini oshirsa ham, bu operatsion tizim uchun 
yozilgan loyihalash va sozlash tizimi va malakali quvvatlashi dasturiy ta’minotni 
katta xajmligini ko‘rsatsa ham Windows foydasiga hal bo‘lmoqda. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish