Tajriba-konstruqtorlik ishlar bosqichlari :
➢
ilmiy – texnik axborotlarni tahlillash, maxsulotga qo‘shimcha
talablarni ishlab chiqish va uning texnik ko‘rsatgichlariga ham talablar
ishlab chiqish, xisob qismi;
➢
texnik yechimlarni tanlash, tarkibiy, funksional, prinsipial sxemalarnni
yaratish, ko‘rsatgichlarni aniqlashtirish, maxsulotni texnologik
komponovkasini olib borish, maketni sinash;
➢
ishchi hujjatlarni loyihalashtirish, dastlabki nusxasini tayyorlash va
sinash, sinash natijalariga asosan hujjatlarga tuzatishlar kiritish.
O‘rnatilgan tizimni loyihalash bo‘yicha umuman quyidagi tadqiqot,
konstruktorlik va loyiha ishlarini bajarish talab etiladi (11.2-chizma).
Apparat va dasturiy ta’minot o‘rtasida vazifalarni taqsimlashda quyidagidan
kelib chiqqan holda amalga oshirish kerak, qo‘shimcha mahsuslashtirilgan katta
integral sxemani (KIS) ishlatish loyihalashni osonlashtiradi va umuman tizimning
yuqori tezligini ta’minlaydi, lekin narxini va istemol quvvatini oshirishga olib
keladi. Dasturiy ta’minoitni katta ulishi tizim komponentlarining sonini
kamayishiga olib keladi, lekin bu tezlikni pasayishiga va harajatlarni oshishiga
hamda amaliy dasturlarni loyihalash va sozlash uchun muddatni ortishiga olib
keladi. Shu bilan bir qatorda dasturiy ta’minotda joriy etilgan vazifalarning ko‘p
qismi, maxsulotni manaviy qarish muddatini keskin surilishi hisobiga maxsulotni
hayot davrini ko‘p marotaba oshiradi. Kontrollerning ishlash algoritmini asosiy
elementlarini dasturiy joriy etilishi uni modifikatsiyalashni qayta dasturlash yo‘li
bilan amalga oshirishga imkon yaratadi, kontroller apparaturasida ishlab turgan
164
algoritm bo‘yicha elementlarni o‘zgartirib (IS larni olib tashlab) boshqa vazifalarni
bajartirish imkoniyati amaliy jixatdan yo‘q.