175
Zamonaviy ALT plata yuzasiga elementlarni joylashtirish, bosma platadagi simlar
yo‘lini o‘tqazish (trassirovka), SDB stanok uchun boshqarish dasturini hosil qilish,
uning yordamida
teshiklarni teshiladi, travleniya uchun foto andozalarini
tayyorlanadi. ALT mexnat sarfini jiddiy kamaytiradi va loyhalashni yuqori sifatli va
turg‘un bo‘lishini ta’minlaydi. ALT ning juda ko‘p turlarining tarkibiga quydagilar
kiradi (11.3-chizma):
➢
qurilma chizma sxemasini yaratish uchun prinsipial sxema
muharriri;
➢
ko‘rsatgichlashtiriladigan elementlar kutubxonasi, raqamli (ventellar,
registrlar,
sanoq qurilmalari, multipleksorlar, hotira qurilmalari),
analog
(qarshiliklar, sig‘imlar, drossel, transformatorlar) va aralash (ARO‘, RAO‘)
qurilmalar ishlashining bayonini tarkibiga oladi;
➢
kutubxonada yo‘q komponentlarni bayonini hosil qilishga imkon beruvchi
elementlar muharriri;
➢
modellashtirishni o‘tkazish rejasini tuzishga imkon beruvchi kirish ta’sirlari
muharriri;
➢
sxemada ishlatilgan komponenrlar haqidagi axborot kutubxonasini, prinsipial
sxema asosida loyihalashtirilgan qurilmani ishlashini
formal havola qilish
uchun modellashtirish tizim ostisi;
➢
bosma platani loyihalash tizim ostisi, u bosma platani optimal o‘lchovuni,
unda joylashgan elementlarni va ulovchi o‘tkazgichlarni
plata yuzasiga
optimal joylash imkonini beradi.
ALT tizimlariga P-CAD, DesignLab, MicroCap kabi taniqli paketlar kiradi.