181
vaqtda avtomatik boshqaruv nazariyasi doirasida yetarli darajada ko‘p sonli
boshqarish usullari yaratilgan.
Ob’ekt drayverlari boshqaruv ta’siri haqidagi axborotni boshqaruv ob’ektiga
mos bo‘lgan boshqarish ta’sir turiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Masalan,
chastota datchigi o‘rnida taxogeneratorli qadamli elektr yuritma aylanish
chastotasini boshqarishni joriy etish uchun, beruvchi talab etilgan aylanish chastota
qiymatini hosil qiladi (sekundda aylanish), o‘lchov vositasi chastotani hozirdagi
qiymatini beruvchining o‘lchov birligida aniqlaydi, analog-raqam o‘zgartiruvchi
ko‘rsatgichini sekundiga aylanish soniga hisoblashni amalga oshirib, boshqaruvchi
rostlagich ob’ektga ta’sir darajasini anqlaydi (masalan, rostlagichning proporsional
funksiyalarini hisoblash yo‘li bilan), drayver esa olingan ta’sir darajasini qadam
dvigatelning faza o‘ramlar kommutatsiya signaliga o‘zgartiradi, rostlagichdan
olingan aniqlovchi axborot chastota bilan keluvchidir.
Drayver va o‘lchov vositasi amaliy dasturiy ta’minotning ob’ektga-bog‘liq
komponentlariga taluqlidir, beruvchi va rostlagich esa – ob’ektga-bog‘liq bo‘lmagan
komponentlarga taluqlidir. Boshqaruv ob’ekti o‘zgarganda ob’ekt drayverini ham
shuningdek o‘zgartirish kerak bo‘ladi (bayon qilingan tizimda qadamli dvigatelni
o‘zgarmas tok generatoriga almashtirishda ob’ekt drayveridan boshqarishni joriy
etilishini talab etadi, masalan, keng-impulsli modulyatsiya usuli bilan). Ob’ekt
datchiklarini o‘zgartirilganda esa o‘lchov vositasini ham o‘zgartirish kerak bo‘ladi.