|
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua Pdf ko'rish
|
bet | 118/160 | Sana | 13.07.2024 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #267489 |
Bog'liq O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmuaDasturiy modellar
.
Dasturiy model (simulyator) instrumental kompyuterda joylashtirilgan MK
tizimining ishlashini modellashtira oladigan dasturiy to‘plamlardan iborat. Bu
maqsadlar uchun MK protsessorining har bir buyrug‘i instrumental kompyuterning
buyruqlar to‘plami bilan emulyatsiyalanadi. Dastur, translyatsiya bosqichidan o‘tar
ekan, aloqa muharriri tomonidan ishlov berilgan va ikkilik yoki o‘n oltilik
o‘lchamga o‘zgartirilgan holda dasturiy model kirishiga beriladi. Sozlash jarayonida
operator dasturni bajarilishini ishga tushirishi va to‘xtatib turish,
simulyatsiyalanadigan
hotira
qiymatlarini
kuzatish,
simulyatsiyalanadigan
mikrokontrollerli tizimni tashqi uzellarini nazorat qilish va holatini berish
imkoniyatiga ega.
DXQ emulyatori.
DXQ emulyatorining apparaturasi – dasturiy ta’minotni eng sodda sozlash
vositasi (13.4-chizmaga qaralsin) bo‘lib – o‘zining tarkibida operativ hotira blokiga
ega, u sozlanayoigan mikrokontrollerli tizimning tashqi dasturiy hotirasining o‘rniga
ulangan, boshqarish qurilmasi, shuningdek instrumental kompyuter bilan ulanish
vositalarini oladi.
Bundek majmua tashqi hotiraga joylashtirilgan dasturlar bilan ishlaydigan
mikrokontrollerni sozlash uchun yaroqlikdir. Instrumetal kompyuterning dasturiy
ta’minoti emulyatorning hotirasiga foydalanuvchining dasturini kiritish imkoni bor.
DXQ emulyatorning dasturiy ta’minoti bilan muloqot qilib foydalanuvchi
emulyatsiyalanadigan DXQ joylashtiriladigan bajarilishi kerak dastur kodi mavjut
faylni ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Emulyator instrumental kompyuterning dasturiy
ta’minotidan manzilni qabul qilib oladi, ular bo‘yicha OXQ da bajariladigan dastur
kodini va shuningdek axborotlarni o‘zini ham joylash kerak bo‘ladi. P1 – P3
o‘chirib yoquvchilar orqali OXQ kirishida kerak bo‘lgan signallarni o‘rnatiladi,
emulyator axborotni talab etilgan yacheykaga kiritadi. OXQ ga dasturni
joylashtirish tugagach emulyator unga MK tizim yo‘llarini ulaydi, shu bilan
mikrokontrollerga OXQ da saqlanayotgan axborot bilan ishlashga imkon beradi.
|
| |