196
Shundek qilib, dasturda semantik hatoliklarni qidirish uchun dasturning
o‘ziga nisbattan tashqi yechiladigan masala bayoni zarurdir. Bundek bayonlar
quydagilar bo‘ladi:
1.Dasturga texnik topshiriq, u hujjatda dasturning ishlashiga talablar
(cheklanishlar, vazifa bayoni, kirish va chiqish axborotlar) batafsil bayon qilinadi.
2.Yechiladigan masalani matematik modelining bayoni (ushbu masalani
formallashtirilgan bayonida barcha tadqiq qilinadigan ko‘rsatgichlar, kirish va
chiqish axborotlari, axborotni o‘zgartirish jarayonlari, natijani baholash
ko‘rsatgichlari ajratilgan).
3.Masalani yechish algoritmi (masalani yechish usulining bayoni va barcha
kirish axborotlarini chiqish axborotlariga o‘zgartirish jarayonlari qayd qilinadi,
chunki bu dasturda joriy etilishi kerak).
4.Dasturning loyihasi (dasurni blok sxema ko‘rinishida havola qilish yoki
boshqa usulda, ishlatilgan dasturlash tili konstruksiyasiga yaqin atamalarda
algoritmini bayonini aniqlashtirib bayon qilish).
5.Buyurtmachi
axborotlari
(yechiladigan
masalani
qo‘shimcha
aniqlashtiruvchi ma’lumotlari, texnik topshiriqning kichik qismlari).