Sxema tarkibidagi emulyatorlar




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Sxema tarkibidagi emulyatorlar. 
Mikrokontroller mikrosxemalarini ichki elementlarini bevosita nazorat qilib 
bo‘lmasligi va dastur ishlash vaqtida ta’sir etib bo‘lmasligi MK tizimlarni sozlashni 
qiyinlashtiruvchi asosiy holatlaridan biridir. Axborot uzatishni sxemani ichki 
elementlaridan tashqi muhitga uzatish yo‘li orqali (nazorat qilganda) va tashqaridan 
ichki elementlarga mahsus dasturostilar yordamida uzatib (boshqarishda) bazi 
voqealarni sodir bo‘lish fakti bo‘yicha nazoratni va ta’sirini faqat bilvosita amalga 
oshirish mumkin. 


199 
Mikrokontroller sxemalarining murakkabligi tufayli va shuningdek asosiy hisoblash 
jarayonini kechishini buzmasdan dasturostini joriy etilishini zarurligi tufayli, 
keltirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun tizimning ko‘n vaqt va dasturiy –
apparat resurslari talab etiladi. Keltirilgan qyinchiliklarni yengib o‘tish uchun 
sxema tarkibidagi (sxema ichidagi) emulyator qo‘llaniladi. 
Sxema tarkibidagi (sxema ichidagi) emulyatorni ishlatilganda MK o‘zining 
panel raz’emidan olib qo‘yiladi va uning o‘rniga kabel yordamida sxema tarkibidagi 
emulyator apparaturasi ulanadi. Sxema tarkibidagi emulyator sozlanayotgan tizim 
mikrokontrollerini to‘liq o‘rnini bosadi, shu bilan bir qatorda foydalanuvchini
kontrollerning ichki holati haqidagi barcha axborotlarga va uning hotirasiga
instrumental kompyuter orqali ega bo‘lishini saqlab qoladi. 
Sxema tarkibidagi emulyator quyidagi vazifalarni bajaradi: 

hisoblash jarayonini kechishini boshqarish (mikrokontrollerning dasturiy – 
ega bo‘lish elementlarini ishga tushirish, dasturni qadamlab, shartlar bo‘yicha 
bajarilishi); 

hisoblash jarayonini kechishi haqida axborotni yeg‘ish va uni keyingi 
tahlillashni amalga oshirish uchun instrumental kompyuterga uzatish. 
Sxema tarkibidagi emulyator quyidagi ish tartiblarida ishlashi mumkin: 

so‘rov; 

qadamlab bajarish; 

real vaqtda dastur bajarilishini emulyatsiyalash. 
So‘rov ish tartibida sozlanayotgan dastur to‘xtatilgan va tizim 
foydalanuvchisiga instrumental kompyuterni ishlatib dasturiy – ega bo‘lishli 
mikrokontroller elemenlarini holatlarini o‘qish va ularga yangi axborotlarni kiritish 
imkoniyatlari havola qilinadi. 
Qadamlab bajarish ish tartibida sozlanayotgan dasturning bitta buyrug‘i 
ishlatiladi, shundan so‘ng so‘rov ish tartibiga o‘tish amalga oshiriladi, bunda 
hisoblash jarayoni holati haqidagi axborot instrumental kompyuterga uzatilish sodir 
bo‘ladi. Qadamlab bajarish ish tartibi bajarilayotgan dasturni sozlashni uning 
hozirdagi holatini hisobga olgan holda o‘tqazishga va loyihalashtirilayotgan tizim 


200 
apparatini sozlash imkonini beradi. Ish tartibining kamchiligi, bu sozlanayotgan 
to‘plam real vaqtda ishlamaydi, chunki sxema tarkibidagi emulyator bilan 
instrumental kompyuter axborot almashuviga qo‘shimcha vaqt harajatlari talab 
etiladi. Shuning uchun elektr signallari o‘rtasidagi vaqt nisbatining buzilishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan hatoliklar (kirish, chiqish, kirish va chiqish) aniqlanmay qolishi 
mumkin.
Loyihalashtirilayotgan majmuani real vaqtda tatqiqot qilish uchun sxema 
tarkibidagi emulyatorining uchinchi ish tartibi qo‘llaniladi, unda u instrumeral 
kompyuter bilan axborot almashuvini bajarmasdan dasturni bajaradi. Ish tartibidan 
chiqish berilgan xodisaga erishilganda amalga oshiriladi, mantiqiy taxlillovchining
boshqaruvchi xodisasi bilan bir hil bo‘lgan (berilgan qadamlar soni bajarish, tizim 
shinalarida berilgan kombinatsiyalarni paydo bo‘lishi). Chunki berilgan xodisalarni 
aniqlash jarayoni sxema tarkibidagi emulyatorning apparat vositalari tomonidan
bajariladi, bu jarayon tezligi real vaqt ish tartibini saqlab qolish uchun yetarli. Biroq 
ish tartibini servis imkoniyatlari katta emas. 
Sxema tarkibidagi emulyator bilan ishlash uchun mo‘ljallangan instrumental 
kompyuterning dasturiy ta’minot interfeysi, mikrokontrollerli tizim daturiy modellar 
interfeysiga yaqin. Sxema tarkibidagi emulyatorlar qator firmalar tomonidan ishlab 
chiqariladi, hususan Hitex, Nohau firmalar. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish