Tashxislashning apparat vositalari




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Tashxislashning apparat vositalari

Tashxislashning apparat vositalari - bu texnik vositalar yordamida hisoblash 
tizimida mavjut bo‘lgan nosozliklarni qidirishni amalga oshirishni ta’minlash 
vositalaridir. 
Umumtexnik 
vositalar, 
mantiqiy 
tekshiruvchilar, 
mantiqiy 
tebratuvchilar hamda tok indikatorlari va shuningdek ularni qo‘llash usullari 
yuqorida ko‘rib chiqilgan edi. Ularga qo‘shimcha qilib shuni aytish kerakki, ancha 
qulay bo‘lgan tashxislashning dasturiy vositalarini qo‘llab bo‘lmaydigan hollarda 
yuqorida keltirilgan usullardan foydalanish diqqatga sazovordir (masalan, 
mikrokontrollerli tizimning yadrosi ishlamasligi sababli).
Keltirilgan tashxislashning apparat vositalari quydagilarni aniqlash imkonini 
beradi: manba kuchlanish ko‘rsatgichlarini, tizimli sinxronlashda impuls borligini, 
mikrokontrollerning manzil, axborot va boshqarish shinalariga signallarni berish va 
bu signallarni o‘zgarish oraliq qiymatlarini o‘rnatish, bu esa tizim yadrosining 
ishlamasligining sabablari haqida bazi bir xulosalar qilishga imkon beradi (manba 
blokini nosozligi, tizimli sinxronizatsiya blokini, mikrokontrollerni buzilishi, 
dasturni hotirada surilishi va hotirada nazarda tutilmagan xududga o‘tish). 
Yuklama bilan testlash vositalari atrof-muhit ko‘rsatgichlarini ataylab 
o‘zgartirishga mo‘ljallangan, bu usulning maqsadi tashqi ta’sirlarni o‘zgarishini 
mikrokontrollerli tizimning ishlashiga ta’sirini tahlillash uchun mo‘ljallangan. 
Bundek testlashning uch turi qo‘llaniladi – mexanik, harorat va elektr yuklamalar. 
Mexanik yuklamani ishlatishda tizim apparatiga titrash va mexanik kuch 
(deformatsiya) ta’sir qilinadi. Bu turdagi yuklamalar ulash moslama kontaktlaridagi
va o‘tkazgichlardagi nosozliklarni aniqlashga yordam beradi (bosma o‘tkazgichdagi 
yupqa uzilish platani egilganda yo‘qoladi, bo‘lmagan ulanishni tiklab). 
Harorat yuklamasini ishlatish tizimni barcha apparatlariga yoki uning bir 
qismiga maxsulotni foydalanishdagi ishchi haroratiga nisbattan yuqori yoki past 
harorat ta’sir ettirishdan iborat. Tizimning qator elektron elementlar resurslarini sarf 
qilib bo‘lganda harorat oralig‘i torayadi, u holda ularning ishlashi to‘g‘ri bo‘ladi. 


206 
Maxsulotni foydalanishdagi tavsiya etilgan ishchi holatida atrof-muhit harorati 
ozgina oshirilishi natijasida elementlarning qizishi sodir bo‘ladi va buzilishga olib 
keladi. Bundek hollarni aniqlash uchun bosma platalarning, uning alohida 
qismlarini, so‘ng esa elementlarni haroratini suniy oshiriladi yoki pasaytiriladi, 
kontaktsiz usulda (xavoni isitish vositalari orqali) yoki kontaktli usulda (isitadigan 
yoki sovutadigan plastinalar orqali). 
Elektr yuklamalarni ishlatish - bu tizimga beriladigan elektr signallarni 
ko‘rsatgichlarining qiymatini o‘zgartirishdan iboratdir. Ushbu usul signallarni 
ko‘rsatgichini ishchi oralig‘ini aniqlashga, shuningdek ruxsat etilgan ko‘rsatgich 
chegarasida ishlagan elemenlarni aniqlashga yordam beradi. Usul, hususan manba 
kuchlanishi yetarli darajada yuqori bo‘lmaganligi sababli noto‘g‘ri ishlaydigan
elementlarni aniqlashga imkon beradi. 
Signaturali taxlillovchi orqali tashxislashni o‘tqazish ko‘rib chiqiladi. 
Signaturali tahlillash dastlabki ketma-ketlikka jiddiy bog‘liq bo‘lgan ikkilik 
signallar ketma-ketligini songa (signatura) o‘zgartirishga asoslangan. Signaturani
hosil qilishni bir necha yo‘llari mavjut: signaldagi frontlar va kesilishlar sonini 
hisoblash, birlar sonini hisoblash, nazorat yig‘indisini hisoblash, teskari ulanishli 
suruvchi registrlarni ishlatish. 
Teskari ulanishli suruvchi registrga misol 14.2-chizmada berilgan.

Download 2,55 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish