201
oshirish imkonini beradi (ishga tushirishda yangi qiymatlar berish,
boshqarish
dasturlarini boshqacha ketma-ketlikda ishga tushirish).
14.2. Tashxislashning asosiy qoidalari va tushunchalari
Tashxislash deganda loyihalashtirilgan va sozlanayotgan tizimda apparat
ta’minotidagi nosozliklar natijasida hosil bo‘lgan hatoliklarni qidirish va topish
jarayoni tushuniladi. MK tizimining dasturiy ta’minotini
ishonchliligi loyihalash
bosqichida yo‘l qo‘yilgan hatoliklarning mavjutligi bilan tushuntiriladi. Sozlash
o‘tkazilganda dasturiy ta’minot ishonchliligi oshib boradi.
MK tizim apparat qismining buzilish chastotasi vaqtga boshqacha
bog‘liqlikka ega (14.1-chizma).
14.1-chizma. Apparaturaning ishonchliligini vaqtga bog‘liqlik grafigi
Chizmadagi grafikning 1 boshlong‘ich qismida
apparaturani buzilish
chastotasi ancha yuqoriligi kuzatiladi, bu ishlab chiqarishdagi nosozlik tufayli
yuzaga kelgan (integral sxema g‘ilofining germetizatsiyasi yomon, tashqi ulanishlar
ishnchliligi kam).
Chizmadagi grafikning 2 qismi buzilish chastotasi kamligi bilan harakterlanadi, u
elementlarni tabiiy yemirilish hisobiga yuzaga keladi.
Bu qismning davomiyligi
maxsulotni o‘rtacha hizmat qilish muddati bilan aniqlanadi.
1
2
3
Вақт
Бузилишлар
частотаси
202
Chizmadagi grafikning 3 qismi buzilish chastotasini oshishi bilan
harakterlanadi. Bu elektron elemenlarning hizmat davridagi elektr yuklamalar
yemirilish darajasini oshiradi, shu bilan birga maxsulotni
buzilish extimolini ham
oshiradi. Elektr yuklamalarning ortishi elementning yemirilish jadalligini tezlatadi.
Element hizmat davrida silkinishlarga duch kelishi ulanishlarda buzilish hosil
bo‘lish extimolini oshiradi.
MK tizimlarini foydalanish bosqichida ularni maqsadli vazifalarini bajarish
imkoniyatini ta’minlash uchun ularning ishidagi hatoliklar faktini
aniqlash kerak,
hatoliklar hosil bo‘lgan joylarni aniqlash kerak va ularning sababini topish va
bartaraf etish kerak, balkim oxirgi hatolikni emas. Tizimni sifatsiz loyihalashtirish
natijasida yuzaga keladigan ko‘p qaytariladigan hatoliklarni tizimni yoki uning
qismini qayta loyihalashtirish orqali bartaraft etish kerak bo‘ladi.
Tizimlarni tashxislashni