182
kerak bo‘lgan sintaksik qoidalarni hisobga olmay, muharrir dastlabki dasturni
ma’tin kabi ishlov beradi.
Kutubxonachilar loyihalashda ko‘p ishlatiladigan, tipik funksiyalarni joriy
etuvchi dasturosti kutubxonani yaratish va yuritish uchun mo‘ljallangan.
Kutubxonachilar, odatda, kutubxonani tashkil etish buyrug‘iga ega, dasturiy
modullarni kiritish va chiqarib tashlash, kutubxonada mavjut dasturiy modullar
haqida axborot olish kabi. Axborot – o‘qitish dasturlari yangi ish boshlagan
foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan va instrumental tizimlarni tatbiqi xususida
qandaydir malaka olishga imkon beradi.
Translyatorlar kirish tilida yozilgan (odatda assembler qo‘llaniladi va qator
yuqori daraja tillari, hususan, Si tili) dastlabki dasturni natijaviyga o‘zgartiradi –
ya’ni ob’ekt dasturini MK buyruqlarining kodlari tiliga o‘zgartiradi. Ob’ekt
dasturidan tashqari translyatorlar dastur listingini ham chiqarib beradi, unda
dastlabki va ob’ekt dasturi, identifikatorlar jadvali, xatolar haqida ma’lumotlar va
tashxisning boshqa ko‘rinishidagi axborotlar bosilgan bo‘ladi. Odatda,
translyatorlar suruluvchi manzillarda ob’ekt dasturini hosil qilish va dasturiy
modullar o‘rtasidagi tashqi aloqalarga ishlov berish imkoniyatiga egadirlar.
Yuklash dasturlari ob’ekt dasturlarini MK tizimida bajarishga tayyor
ko‘rinishga o‘zgartiradilar va hosil qilingan dasturlarni MK hotirasiga kiritadilar.
Ob’ekt dasturlarini bajarishga yaroqli ko‘rinishga o‘zgartirish jarayoni quyidagidan
iborat, ob’ekt dasturini suriladigan variantini absolyut manzillardagi dastur
variantiga o‘zgartirishdan iborat. Alohida ob’ekt modullari o‘rtasida aloqa
o‘rnatilishi zarur bo‘lganda tashqi havolalarni qo‘shimcha taxrirlash amalga
oshiriladi.
MK tizimiga dasturlarni kiritish jarayonining o‘zi instrumental hisoblash
tizimi vositalari bilan ham va shuningdek MK tizim vositalari bilan ham
quvvatlanishi kerak.