• Tizimli (instrumental) va foydalanuvchining (amaliy) resurslariga ajratiladi. Tizimli resurslar
  • Foydalanuvchi resurslari
  • O‘rnatilgan tizimda operatsion tizim vazifasi




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/160
    Sana13.07.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #267489
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
    Bog'liq
    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    O‘rnatilgan tizimda operatsion tizim vazifasi

    Operatsion tizim
    (OT) – bu kompyuter dasturi bo‘lib, boshqa dasturlarni
    bajarilishi uchun muhitni ta’minlovchi va ularga protsessor hamda kiritish-
    chiqarish qurilmalar imkoniyatiga ega bo‘lishni ta’minlovchidir. Shundek qilib, 
    o‘rnatilgan tizimda operatsion tizimning asosiy vazifasi - boshqariluvchi 
    ob’ektining hozirdagi holatiga bog‘liq holda kompyuter resurslarini operativ
    boshqarishdan iborat. 
    Tizimli
    (instrumental) va
    foydalanuvchining 
    (amaliy) 
    resurslariga ajratiladi. 
    Tizimli resurslar
    – bu protsessorni va operativ hotirani ishlash vaqti, turli 
    tashqi qurilmalar imkoniyati va ularni ish vaqti. Foydalanuvchi o‘zining 
    yechimlarida ko‘pincha yuqori bosqichli, resursni amaliy tushunchalariga tayanadi. 
    Foydalanuvchi resurslari
    – bu tizimga bo‘lgan talablar, ob’ektlar atamalarida 
    yoki amaliy xudud vazifalarida ifodalangan. Bu fayl yoki jadval, grafik tizimda 
    chizish uchun darcha, bosma tizimida hujjat, karnaydagi musiqa, ishga tushirilgan 
    topshiriq, hotiradagi massiv bo‘lishi mumkin, Ko‘pincha foydalanuvchi resursini
    havola qilish uchun tizimli resurs to‘g‘ri kelishi (masalan, axborotlarni saqlash 
    ombori sifatidagi fayl) bo‘ladi. Biroq umumiy holda har bir foydalanuvchi resursiga
    bir necha bir hil tizimli resurslarni birlashtiruvchi va ularni ishlatilish koidasini


    146 
    beruvchi ma’lum tizimli modul mos kelishi kerak. Optimal loyihalash uchun qanday 
    tizimli resurslarga uning amaliy so‘rovlari o‘zgartirilishini foydalanuvchi tushinishi 
    kerak. 
    Resurslarni boshqarishning ananaviy muammosi shudan iboratki, apparat 
    tarkiblar turlidir, shunga foydalanuvchi uchun bir hil tizimlar, lekin joriy etilish 
    nuqtaiy nazaridan turli bo‘lgan resurslar bir hil boshqarilishi zarurdir. Masalan, 
    aynan qaysi rusumli qattiq diskka faylli tizim yaratish uchun ishlatilishi, faylli 
    tizimning aynan qaysi tarkibi konfiguratsion faylni saqlash uchun ishlatilishi, u 
    agarda ochilgan bo‘lsa va undan navbatdagi blokni o‘qish kerak bo‘lsa – u aynan 
    qanday atalishi va qaysi faylli tizimda bo‘lganligi tizimga farqi bo‘lmasligi kerak. 
    Demak, OT resurslarga interfeysni (murojat usulini) unifikatsiyalashni ta’minlashi 
    va bu murojatni joriy etilishidan interfeysni ajratishi kerak.
    Qaysi resurslarga ega bo‘lish havola qilinishiga bog‘liq holda 
    tizimli
    va 
    amaliy interfeyslarga
    ajratiladi. Shu bilan bog‘liq holda API (Application 
    Programming Interface) tushunchasi paydo bo‘ldi – amaliy dasturlash interfeysi
    (amaliy dasturlarda ishlatish uchun havola qilinadigan funksiyalar to‘plami va 
    axborotlar tarkibi). Misol bo‘lib, Create Thread –funksiya, Win32 APL qismi 
    bo‘lishi mumkin, u foydalanuvchi resursi – oqimga unifikatsiyalashtirilgan ega 
    bo‘lishni havola qiladi. 
    OT ikkinchi vazifasi – resurslarni taqsimlash. Tizim shundek qilishi zarurki,
    biri necha masala xoxishiy resurs tomonidan bir-biriga halaqit qilmasdan 
    ishlatilishi mumkin bo‘lsin. Eng muhim resurslardan biri – 
    protsessor vaqti
    . Turli 
    masalalar tomonidan protsessorni birgalikda ishlatilishini ta’minlashdan tashqari, 
    OT hotirani taqsimlaydi va fayllarga hamda qurilmalarga ega bo‘lishni boshqaradi.

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rnatilgan tizimda operatsion tizim vazifasi

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish