9.1.Operatsion tizimlarning monolit arxitekturasi Operatsion tizimlarning kodini tarkiblashtirishning ko‘p usullari mavjut. Bir
yondoshuv uncha katta bo‘lmagan operatsion tizimlarda ayniqsa ko‘p qo‘llaniladi,
tizimni protseduralar to‘plami kabi tashkil qilishdan iborat, ulardan har birini har
qandek foydalanuvchi protsedurasi chaqirishi mumkin. Bundek monolit tarkib (9.1-
chizma) axborotlarni izolyatsiyasini ta’minlay olmaydi, kodning turli qismlarida
tizimning barcha qurilmalari haqidagi axborot ishlatiladi.
Operatsion tizimlarning bu turini kengaytirish qiyin, chunki har qanday
protsedurani o‘zgartirilsa bunga tegishli bo‘lmagan tizimning boshqa qismlarida
xotolik kelib chiqishi mumkin,
Eng oddiy operatsion tizimlardan tashqari barcha monolit operatsion
tizimlarda ilovalar operatsion tizimdan ajratilgan (foydalanuvchi ish tartibi va yadro
ish tartibi). Boshqacha qilib aytganda, operatsion tizim kodi protsessorning ustunlik
ish tartibida ishlatiladi – uni ko‘pincha yadro ish tartibi (kernel mode) deb ataladi va
tizim axborotlariga hamda apparatlariga ega bo‘la oladi. Ilova ustunliksiz bajariladi,
foydalanuvchi ish tartibi (user mode) deb ataladi, unda ularga interfeyslarni
cheklangan to‘plami havola qilinadi va tizimli axborotlarga cheklangan ega bo‘lish
ta’minlanadi. Qachonki foydalanuvchi ish tartibidagi dastur tizimli servisni
chaqirganda, protsessor chaqiriqni o‘ziga oladi va yadro ish tartibida oqim
chaqiruvchini ulaydi. Qachonki tizimli chaqiriqni bajarish tugatilsa, operatsion
tizim foydalanuvchi ish tartibida oqimni qayta ulaydi va chaqiruvchi dasturga
bajarilishni davom etishga imkon beradi.
128
9.1-chizma. Monolit operatsion tizim tarkibi
Bu o‘rnatilgan tizimlar uchun eng ko‘p tarqalgan operatsion tizim turidir.
Taxlil qilingan operatsion tizimlarningko‘pchiligi – bu monolit muhitlar,
mikrokontrollerda ishlash uchun mo‘ljallangan, undan barcha jarayonlar
(foydalanuvchilar, shuningdek tizimlilar) cheklanishsiz bir manzillar maydonida
bajariladi.
Jarayonlarni yetarli darajada izolyatsiyasi ta’minlanmaydigan monolit
operatsion tizimlariga misollar bo‘lib, yetarli darajada keng tarqalgan RIOT OS,
Zephyr, Unison RTOS, shuningdek asos operatsion tizim automotive- yechimlar
uchun Vector kompaniyasining – Microsar OS lari bo‘la oladi.
Monolit tizimlarning hatto havsizlik bo‘yicha barcha kamchiliklarini hisobga
olinganda ham bundek ixcham operatsion tizimlar uncha qimmat bo‘lmagan
mikrokontrollerda o‘rnatish uchun yaxshi to‘g‘ri keladi. Ularni sodda ixcham
qurilmalarda foydalanadilar, ularning vazifasi bir ko‘rsatgichni o‘lchash bilan
Фойдаланувчи иш тартиби
Амалий дастур
Амалий дастур
Тизимлий сервислар
Қурилмалар
Ядро иш тартиби
Операцион тизим
процедуралари
129
chegaralanadi – masalan, harorat, bosim yoki xajimni. Bundek qurilmalar oddiy,
ixcham va arzon bo‘lishlari kerak.