O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

PLC texnologiya.
PLC (Power Line Communication/Carrier) – nisbattan yangi “oxirgi miliya” 
kategoriyali telekommunikatsion texnologiya. “Rozetkadan Internet” shundek 
ataladi, bino ichidagi va honadon ichidagi elektr tarmog‘ini yuqori tezlikdagi 
axborot almashuvi uchun ishlatishga asolangan. Signalni chastotali taqsimlashga 
asoslangan bu texnologiyada, yuqori tezlikdagi axborot oqimi bir necha past 
tezlikdagi oqimga taqsimlanadi, ularning har biri alohida chastotada uzatilib,
keyinchalik ularni bir signalga birlashtiriladi. Shu bilan birga PLC – qurilmalar 
axborotni “ko‘rishi” va dekoderlashi mumkin, vaholangki odatdagi elektr qurilmalar 
– nakal lampa, elektr yuritma – tarmoq trafik signali mavjutligini hatto sezmaydilar 
ham va odatdagi ish tartibida ishlashni davom ettiradilar. Power Line 
texnologiyasida 4 – 21 MGs oraliqdagi chastotalar ishlatiladi.
PLC tarkibiga BPL (Broadband over Power Lines – elektr uzatish yo‘li orqali 
keng yo‘lakli uzatish) oladi, u axborotlarni 1Mbit/s tezlik bilan uzatishni ta’minlaydi 


124 
va NPL (Narrowband over Power Lines – elektr uzatish yo‘llari orqali tor yo‘lakli 
uzatish) axborotlarni ancha sekin tezlikda uzatishni oladi. 
Maishiy elektr tarmog‘ida signallarni uzatishda ma’lum chastotalarda uzatish 
funksiyasida katta so‘nishlar hosil bo‘lishi mumkin, bu axborotlarni yo‘qotishga olib 
kelishi mumkin. Power Line texnologiyasida bu muammoni hal qiluvchi mahsus 
usul inobatga olingan – signal uzatishni dinamik yoqish va o‘chirish. Bu usulning 
ma’nosi quyidagidan iborat, qurilma uzatish kanalini doimiy ravishda
monitoringini amalga oshirib turiladi. Monitoring qilishdan maqsad uchastka 
qismini so‘nishning ma’lum pog‘ona qiymatidan oshib ketmasligini aniqlashdan 
iborat. Faktni aniqlash holati yuzaga kelganda so‘nish qiymati normal bo‘lguncha 
bu chastotalardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.
Asosiy avzalligi – devorlarni va tayanch ustunlarni teshish, kabel yotqizish 
talab etilmaydi, uni korobga joylash kerak emas, montajni tez amalga oshirilishi, 
foydalanishning oddiyligi.

Download 2,55 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish