• CAN interfeysi
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/160
    Sana13.07.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #267489
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   160
    Bog'liq
    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    RS-485 interfeysi

    RS-485 interfeysi (Recommended Standard 485, Electronics Industries 
    Association 485, EIA-485) – ikki simli yarim dupleksli ko‘p nuqtali ketma-ket aloqa 
    kanalidan axborot uzatish standarti. RS-485 standarti ikki assotsiatsiyalar bilan
    birgalikda loyihalashtirilgan: Elektron sanoat assotsiatsiyasi (Electronics Industries 
    Association 

    EIA) 
    va 
    aloqa 
    vositalari 
    sanoatining 
    assotsiatsiyasi 
    (Telecommunications Industries Association - TIA). 
    Bugungi kunda, RS-485 standartining turli kengaytirishlari ilovalarning keng 
    turini qamrab olgan, bu standart sanoat avtomatizatsiyasida keng ishlatiluvchi
    sanoat tarmoqlarining butun oilasini yaratish uchun asos bo‘ldi. RS-485 standartida 


    121 
    axborotlarni uzatish va qabul qilishda ko‘pincha yagona o‘ralgan juftlik simlari 
    ishlatiladi. Axborotlarni uzatish differensial signallar yordamida amalga oshiriladi. 
    O‘tkazgichlar o‘rtasidagi kuchlanish qutubining bir farqi mantiqiy birni bildirsa, 
    boshqa qutubli farq nolni bildiradi.
    RS-485 interfeysining elektr va vaqt ko‘rsatgichlari: 

    tarmoqning ko‘p nuqtali tarkibida 32 qabul va uzatuvchi; 

    tarmoq tugunlarining maksimal soni – 250 ta magistral kuchaytirgichlarni 
    hisobga olingan holda. 
    Almashuv/uzunlik aloqa yo‘lining tezlik ko‘rsatgichi (eksponensial 
    bog‘liqlikda): 

    62,5 kbit/s 1200 m (bitta o‘ralgan juftlik); 

    375 kbit/s 300 m (bitta o‘ralgan juftlik ); 

    500 kbit/s; 

    1000 kbit/s; 

    2400 kbit/s 100 m (ikkita o‘ralgan juftlik); 

    10 000 kbit/s va 10 m. 
    62,5 kbit/s, 375 kbit/s, 2400 kbit/s almashuv tezliklari RS-485 standart 
    tomonidan belgilangan. 500 kbit/s dan yuqori tezlikdagi almashuvlarda 
    ximoyalangan o‘ralgan juftlik kabelidan foydalanish tavsiya etilgan. 
    CAN interfeysi

    CAN (Controller Area Network) –ketma-ket aloqa protokoli, u samarali real 
    vaqt o‘lchamida tarqatilgan boshqaruvni yuqori havsizlik darajasida quvvatlaydi. 
    BOSCH firmasi tomonidan yaratilgan. Uzatish ish tartibi – ketma-ket, keng 
    uzatuvchi, paketli. 
    Standart jismoniy bosqichni bayon qilmaydi, lekin ko‘pincha ISO 11898 
    standartining differensial juftlik asosidagi shina topologiyali tarmoqni ishlatiladi.
    Uzatuv kadrlarda olib boriladi, uni tarmoqning barcha qurilmalari tomonidan qabul 
    qilinadi. Axborot uzatish muhitiga ega bo‘lish usuli konfliktlarni hal qilish bilan 
    ma’lumotlarni uzatishni ustunlikli ta’minlaydi. Kadrda foydali axborot 11 bitli 
    identifikatordan tashkil topadi (standart format) yoki 29 bit (kengaytirilgan format) 


    122 
    va 0 dan 8 bayt gacha uzunlikdagi axborotlar maydoni mavjut. Identifikator paketda 
    nima borligini bildiradi va bir necha tugunlar bir vaqtda uzatishga urinsalar 
    ustunlikni aniqlash uchun hizmat qiladi. Tatbiq sohalari – yuqori tezlikdagi 
    tarmoqlardan to arzon multipleksli shinalargachan. Avtomatikada, boshqarish 
    qurilmalarida, datchiklarda tezligi 1 Mbit/s li CAN interfeysi ishlatiladi. 

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   160




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish