Asinxronli start-stop UART interfeysi




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Asinxronli start-stop UART interfeysi
.
Axborotlarni start-stopli ketma-ket uzatishni joriy etuvchi qurilma UART 
(Universal Asynchronous Receiver Transmitter) deb ataladi. Uzatuvchi axborotlar 
qismini belgilarga ajratadi (belgiga 4 bitdan 8 bitgacha yoki 5 bitdan 9 bitgacha). 
Belgilarning har biri alohida uzatish uchun kadrga inkapsulyatsiyalanadi 
(joylashtiriladi). Axborot yo‘liga jo‘natishdan oldin har bir belgi START biti bilan 
(belgining oldiga) va belgi oxiriga STOP biti bilan to‘ldiriladi. 8.2-chizmada 
axborotlarni start-stopli uzatish sxemasi ko‘rsatilgan.
 
 
 
8.2-chizma. Start-stopli uzatish sxemasi 
 
 
UART qurilmasini sozlashda quyidagilar aniqlanadi: 

STOP bitlar soni (qo‘shni belgilar o‘rtasidagi minimal oraliq, odatda 1 yoki 2 
bitli oraliq qiymatiga teng);

axborot biti soni (5...8); 

R tekshiruv razryadining bor yoki yo‘qligi (juft bo‘lguncha to‘ldirish); 

uzatish tezligi Vbit/sekund. 
Узатувч
и 
Қабул 
қилувчи
0
1
1
0
0
1
1
1
Тухтаб 
туриш 
Тухтаб 
туриш 
STAR
T бити 
STOP 
бити 
8 разрядли белги 


116 
Qabul qiluvchi belgi darajasida “to‘xtab turish” (1) holatidan 0 (START 
biti) holatiga yo‘lni o‘tishi bilan sinxronizatsiyalanadi. Bit oraliq davomiyligini
T=1/V va belgi formatini bilgan holda qabul qiluvchining takt generatorini ishga 
tushiradi, ketma-ket uzatiladigan bitlarni navbat bilan taxlil qiladi. 
Bit darajasida sinxronlash, ishlash turg‘unligiga va belgini qabul qilishni
qisqa oralig‘ida uzatuvchi hamda qabul qiluvchining generator chastotasini berilish 
aniqligiga asoslangan. Qabul qiluvchi vaqtning qaysi momentida navbatdagi belgi 
kelishini bilmasligidan uzatishning asinxronligi kelib chiqadi. Sinxronlash mahalliy 
harakterga ega – har gal qabul qiluvchi navbatdagi start-bitni boshlanishini 
aniqlagach yangitdan o‘rnatiladi.
UART orqali o‘rnatilgan tizimga odatda simsiz kommunikatsion 
texnologiyalarning modemlar mikrosxemalari, GPS - qabul qiluvchilar ulanadi. Bu 
UART ni interfeys sifatida telekommunikatsion qurilma komponenti DTE (Data 
Terminal Equipment – okonechnoe oborudovanie dannыx, axborotni qabul 
qurilmasi) va DCE (data communication equipment- oborudovanie peredachi 
dannыx, axborot uzatish qurilmasi) lar o‘rtasida axborotni uzatish uchun va RS-232
standartining elementi bo‘lganligi sababli qo‘llanilishi bilan bog‘liq.
Nol-modemli ulanishning ishlash mantiqi quydagicha: axborotlarni u yoki bu 
tomonga uzatish mumkin faqat uning sharti, qabul qiluvchi bu axborotlarni olishga 
tayyor bo‘lishi kerak. Agarda qabul qiluvchini tayyor emasligi aniqlansa, u holda
axborotlar manbai ishni to‘xtatib turadi, tayyorlik holatini kutadi, so‘ng uzatishni 
tiklaydi. Bu axborot oqimini apparatli boshqarish (hardware flow control) deb 
ataladi.
Zamonaviy kontrollerlar bir necha UART ga ega bo‘lishlari mumkin. Bu 
o‘rnatilgan tizimlarda kommunikatsion vazifalarni yetarli darajada oddiy joriy 
etishga imkon beradi. Ko‘rib chiqilgan UART uzatish-qabul qilish vositasidan 
tashqari o‘rnatiladigan protsessorlarda boshqa intrfeyslar ham keng qo‘llaniladi, 
masalan, USB, CAN. UART kontrolleri odatda quyidagilardan tashkil topgan 
bo‘ladi: 

taktlash manbai (almashuv tezligidan yuqori takt chastotasi); 


117 

kirish va chiqishda suruvchi registr; 

axborotlarni qabul/uzatish, o‘qish/yozishlarni boshqarish registrlari; 

qabul/uzatish buferlari; 

qabul/uzatish buferlari uchun parallel axborot shinalari; 

FIFO hotira buferi. 

qabul/uzatish buferlari; 
UART uzatish qabul qilish qurilmaning tarkibi 8.3-chizmada berilgan. 
Almashuv tezligi generatoridan sinxronlashtirish signali qabul va uzatishni 
surish registrining taktlash kirishiga beriladi, u berilgan tezlikda axborot bitlarini 
ketma-ket uzatish/qabulni amalga oshiradi. To‘liq qabul qilingan bayt qabul 
qiluvchining axborotlar buferiga tushadi. Bayt uzatish uchun uzatish buferidagi
surish registriga joylashtiriladi. 
UART da asinxron ish tartibida qabul va uzatish jarayoni mustaqil sodir 
bo‘ladi. Shundek qilib, almashuvni dupleks ish tartibi quvvatlanadi. Biroq, 
uzatuvchi va qabul qiluvchi bir hil tezlikka sozlanishi talab qilinadi. Sinxron ish 
tartibida ishlash ancha oddiy hisoblanadi. Bunda har bir qabul/uzatish biti mahsus 
signal bilan stroblanadi va uzatish hamda qabul qurilmalarni tezligini aniq 
moslashtirishga xojat qolmaydi.

Download 2,55 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish