• 8.4. Kiritish/chiqarishning apparatli interfeyslari. 8.5.O‘rnatiladigan tizimlarning tarmoq interfeyslari. Tayanch iboralar
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/160
    Sana13.07.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #267489
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
    Bog'liq
    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

     
    Nazorat uchun savollar 
    1.Hotiraga bevosita ega bo‘lish qanday joriy etiladi? 
    2. Hotiraga bevosita ega bo‘lishda axborotlarni almashishdagi jarayonni tushuntirib 
    bering. 
    3. Hotiraga bevosita ega bo‘lishni qanday tashkillashtiriladi? 
    4.
     
    Hotira bilan almashuvni qanday joriy etiladi. 
    8-MA’RUZA 
    Mavzu: KIRITISh/ChIQARISh INTERFEYSLARI 
     
    Reja: 
    8.1.Mikrokontrollerli tizim magistrali. 
    8.2.Uzilish kontrolleri. 
    8.3.Kiritish/chiqarish qurilmasining kontrollerlari. 
    8.4. Kiritish/chiqarishning apparatli interfeyslari. 
    8.5.O‘rnatiladigan tizimlarning tarmoq interfeyslari. 
     
     
    Tayanch iboralar:
    magistral, manzil shinasi, axborotlar shinasi, boshqarish 
    shinasi, buyruqlar registri,
     
    uzilish kontrolleri, kiritish-chiqarish tizimostisi.
     
     
    8.1.Mikrokontrollerli tizim magistrali 
    Har bir protsessor mikrosxemasi tashqi dunyo bilan axborot almashish uchun 
    chiqish oyoqchalar to‘plamiga ega. Bu oyoqchalar uch turga bo‘linadi: manzil, 
    axborot va boshqarish, ular mikrosxemaning uch shinali magistraliga asos bo‘ladi. 
    Bu oyoqchalarni manzil shinasi (AB – Address Bus), axborotlar shinasi (DB – Data 
    Bus) va boshqarish shinasi (CB – Control Bus) deb ataladi. Masalan, buyruqni 
    tanlash uchun protsessor manzillar shinasiga buyruq manzilini joylashtiradi. So‘ng 
    boshqarish shinasining bitta yoki bir necha yo‘lida hotiraga o‘qish operatsiyasini 
    bajarish uchun xabar berishga signal hosil qiladi. Bunga javoban hotira axborotlar 
    shinasiga talab etilgan so‘zni joylashtiradi va bu operatsiya bajarilganligi haqida


    109 
    signal jo‘natadi. Protsessor ushbu signalni olgach, axborotlar shinasiga qo‘yilgan 
    so‘zni o‘zining buyruqlar registriga yozadi.
    Protsessor mikrosxemasining manzillar oyoqchasining soni va axborotlar 
    oyovchasining soni – bu ikki asosiy ko‘rsatgich protsessor unumdorligini aniqlab 
    beruvchi ko‘rsatgichlardandir. M ta manzil yo‘llari bo‘lganda 2M ta hotira 
    yacheykasiga murojat qilish mumkin. Odatda M=16, 20, 32, 64. N ta axborotlar 
    shina yo‘liga ega bo‘lgan protsessor N-bitli so‘zni bitta operatsiyada o‘qish yoki 
    yozishi mumkin. Odatda N=8,16,32,64. 
    Boshqarish shina yo‘llari axborotlar oqimini boshqaradi va 
    sinxronizatsiyalaydi hamda shunigdek turli vazifalarni bajaradi.Boshqarish 
    shinasining hammasi yer va sinxronlashtirish signal yo‘llaridan iborat. Boshqarish 
    shina yo‘llarini bir necha asosiy guruxlarga ajratish mumkin: shinani boshqarish; 
    uzilish; shina arbitraji; holat va turli. 

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish