100
Masalan, protsessor hotiraning 5000 (shartli) manzilida joylashgan asosiy
dastur va buyruqni bajarmoqda deb faraz qilaylik (6.6-chizma). Shu vaqt momentida
u 4 nomerli (manzilli vektor) uzulishga so‘rov oldi. Protsessor 5000 manzildagi
buyruqni bajarishni to‘xtatadi. So‘ng protsessor
stekda buyruqlar sanoq
qurilmasining hozirdagi qiymatini (5001) va PSW ning (Proctssor Status Word,
protsessorning holat so‘zi) hozirdagi qiymatini saqlab qoladi. Shundan so‘ng
protsessor hotiraning 4 manzilidan uzulish vektor kodini o‘qiydi. Faraz qilaylik bu
kod 6000 teng bo‘lsin. Protsessor hotiraning 6000 manziliga o‘tadi va shu manzildan
boshlangan uzulishga ishlov berish dasturini bajarishni boshlaydi. Bu dastur 6100
manzilda tugaydi deb faraz qilaylik. 6100 manzilga yetgach protsessor uzulib qolgan
dasturni bajarishga qaytadi. Buning uchun u stekdan (5001) manzil qiymatini (uni
shu manzilda uzishgan edi) va o‘sha vaqtda bo‘lgan PSW qiymatini oladi. So‘ng
protsessor 5001 manzildan buyruqni o‘qiydi va asosiy
dasturning buyruqlarini
ketma-ket bajarishga kirishadi.
6.6-chizma. Uzulishlarga ishlov berishning soddalashtirilgan algoritm
Buzilish holatidagi uzulish ham xuddi shu kabi ishlov beriladi, faqat vektor
manzili (vektorlar jadvalidagi qator nomeri) shu turdagi buzilish turiga qatiy
bog‘langan bo‘ladi.
Shuningdek dasturiy uzulishga ham uzulish vektorlar jadvali orqali
hizmat
ko‘rsatiladi, lekin uzulish nomeri esa uzulishni chaqirgan buyruq tarkibida
ko‘rsatiladi.
Стек
Узулашларга
ишлов бериш
дастури
5000
5001
4-нўмерли
узулиш
Асосий
дастур
Узулишлар
векторлар
жадвали
6000
6100
5001
PSW
0004
6000