Uzilish ish tartibini joriy etish




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
6.2.Uzilish ish tartibini joriy etish 
 
Mikrokontroller asosidagi har qandek boshqarish tizimini ishlashi odatda bir 
qator voqealarga hizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi. Ularni sodir bo‘lish joyi va 


91 
sababi yetarli darajada turli – tuman bo‘lishi mumkin, biroq bu voqealar bir umumiy 
xususiyatga ega – ularni sodir bo‘lish daqiqasi dasturchi uchun oldindan ma’lum 
emas. Shu sababli hisoblash tizimida bu voqealarni aniqlash vositasini inobatga olish 
kerak, ularni aniqlash fakti bo‘yicha ularga hizmat ko‘rsatishning bazi bir amallarni 
bajarish uchun. Voqeaga hizmat ko‘rsatishda bajarilayotgan dasturni to‘xtatish 
kerak bo‘ladi va uzilishga hizmat ko‘rsatuvchi dasturni ishga tushirish kerak. 
Sanoat 
qurilmalarini 
yoki 
transportni 
boshqarish 
tizimida, 
telekommunikatsiya tizimlarida ko‘pincha qurilmalarning ishlashida buzilish bilan 
bog‘liq bo‘lgan yoki aloqa kanallarida halallar bilan bog‘liq bo‘lgan, inobatga 
olinmagan voqealar sodir bo‘lib turadi. Uzilish voqealarini aniqlashning eng sodda 
usuli ularni sodir bo‘lish faktini davriy dasturiy usulda tekshirishdir, u ikki jiddiy 
kamchilikka ega: 

hisoblash tizimini samaradorligini pasaytirib yuboradi (dasturning qandaydir 
qismi voqea sodir bo‘lish belgilarini ko‘rib chiqish uchun ajratiladi ); 

voqea sodir bo‘lish vaqti orasidagi ushlanishning mavjutligi va uni aniqlash 
vaqtining mavjutligi (qator hollarda-masalan, real vaqt tizimlarida hech ham 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi). 
Berilgan uzilish voqealarni faqat apparatli aniqlash joriy etilganda keltirilgan 
kamchiliklarni bartaraf etish mumkin, u uzilishlarga ishlov berish tizimi orqali 
bajariladi, ya’ni uzilish voqealarga ishlov berish. Uzilishlar tizimiga uzilish 
voqealarini aniqlashdan tashqari voqealar arbitraji vazifasi ham yuklangan, 
uzilishlarning eng ustunlikka ega bo‘lganini aniqlash uchun.
Uzilishni klassik ta’lqin qilinishi – bu uzilishlarga ishlov beruvchining 
qandaydir voqeaga ishlov berish uchun hozirda bajarilayotgan buyruqlar ketma-
ketligini bajarilishini to‘xtatish va so‘ng uzilgan dasturni bajarishga qaytishi 
tushuniladi. Uzilishni protsessorlar aro muloqot mexanizmi kabi tushunish mumkin, 
u o‘z tarkibiga axborotlarni uzatish (uzilish turi) va boshqarish (hozirdagi jarayonni 
ishga tushirish/to‘xtatish) mexanizmini olgan. Uzilishlar tizimi har qanday 
o‘rnatigan tizimlarning ajralmas qismidir va protsessor diqqatini talab etuvchi qator 
holatlarga tez etiborini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, bundek holat 


92 
protsessorning o‘zida va undan tashqarida ham paydo bo‘lishi mumkin. Uzilishni 
protsesorning anomal holatga etibori kabi, tabiiy jarayoni kabi qarash kerak, uning 
yordamida real vaqt ish tartibini ta’minlashning ko‘p zarur mexanizmlarini 
quvvatlash joriy etiladi. 
Uzilishlar tizimi apparat va dasturiy to‘plamdan iborat. Uzilish tizimining 
apparat vositalarini odatda uzilish bloki yoki uzilish kontrolleri deb ataladi. Shaxsiy 
kompyuterlarda – bu PIC (Programmable Interrupt Controller) kontrolleri, ya’ni 
alohida katta integral sxema shaklida bajarilgan. Boshqarish tizimlarida va 
o‘rnatilgan tizimlarda uzilish kontrolleri protsessor kristaliga joylashtiriladi. 
Uzilish kontrollerini boshqarish registrlar orqali amalga oshiriladi. Har bir 
uzilishga ustunlik (muhimlik darajasiga qarab) tayinlash mumkin, voqeani 
muhimligini son orqali ifodalash. Uzilish tizimini dasturiy vositalari bu uzilishga 
ishlov berish dasturlari (interrupt handler). Odatda, ishlov beruvchining manzili 
mahsus uzilishlar vektori jadvalida joylashgan bo‘ladi. Uzilishlar tizimining vazifasi 
– ma’lum voqealarga protsessorning dastur bajarilishidan uzish va protsessorni 
boshqa tegishli holatga hizmat ko‘rsatish dasturini bajarishga o‘tqazish yo‘li bilan 
etibor qilishi. Ma’lum voqea sodir bo‘ladigan vaqtda uzilish signali hosil bo‘ladi, u 
protsessorga beriladi va mahsus operatsiyani ishga tushiradi –uzilish operatsiyasini, 
u bir dasturni uzishni ta’minlaydi va protsessorni boshqa dasturni bajarishga 
o‘tqazadi.

Download 2,55 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish