86
arxitekturaning elementlari bilan birgalikda minimal funksional mustaqil ishlov
berish birligi –
yadroni
aniqlab beradi.
Dasturlarni parallel ishlov berilishini ta’minlash uchun apparat platforma bir
necha dasturiy oqimni bir vaqtda bajarilish imkoniyatini quvvatlashi kerak.
Dasturiy oqim
– bu o‘zaro bog‘langan buyruqlarning
alohida ketma-ketligi, u
boshqa buyruqlar ketma-ketligidan mustaqil bajariladi. Har bir dastur kamida bitta
dasturiy oqimga ega bo‘ladi – asosiysi, u dasturni
ishga tushiradi va birinchi
buyruqlarni bajarishni boshlaydi. Apparat darajasidagi dasturiy oqim – bu oqimni
bajarilishini boshqa apparat vositalaridan bog‘liq bo‘lmagan holda alogritmni
amalga oshirish. Dasturiy oqimlar uchun apparatli bajaruvchi resurslarni operatsion
tizim deb ataladi.
ARM – arxitekturali multiyadroli protsessorlar
. ARM yadrolari mavjut
protsessorlar mobil va o‘rnatilgan tizimlarda keng qo‘llaniladi.
Bular mobil
telefonlar, smartfonlar, kommunikatorlar, multimediali qurilmalar. Bugungi kunda
ARM kompaniyasi tomonidan MPCore ning uchta arxitekturasini havola qilindi:
APM 11, Cortex-A-9, Cortex-A5. MPCore protsessorlarini maqsadli tatbiq sohasi
– bu cheklangan energiya resurslarda unumdorligi bo‘yicha yuqori talablar
qo‘yilgan mobil ilovalar.
Ilovaning unumdorligi protsessorlar o‘rtasida
yuklamani taqsimlash
imkoniyati, ko‘p oqimli ilovalarga tezkor ishlov berish, protsessorlarning keshlari
o‘rtasida axborotlarni uzatish imkoniyati mavjutligi sharofati tufayli oshadi.
Kristalda protsessorlar egallaydigan maydon, ishchi chastota oralig‘i va
istemol quvvati joriy etishda ishlatilgan
texnologik jarayonga, komponentlar
kutubxonasiga hamda optimallashtirishga bog‘liq.
5.4-chizmada ARM 11 MRCore protsessor tarkibi berilgan. Protsessorning
yuqori unumdorlikka ega hotira tizimi mavjut. Har bir protsessor o‘zining mustaqil
axborotlar keshiga va axborotlarni kelishishni quvvatlash ko‘rsatmasiga ega.
Ko‘rsatmalar va axborotlar keshlarining o‘lchami har bir yadro uchun alohida 16
Kbaytdan 64 Kbaytgachan o‘zgarishi mumkin.
87
Protsessor tarkibiga suriluvchi vergulli o‘lchamdagi sonlar bilan ishlovchi
vektorli soprotsessorlar (Vector Floating Point coprocessor) kritilgan. Shuningdek
nazorat va uzilish ish tartibini boshqarish bloki mavjut. Bu dasturlanuvchi qurilma:
255 tagacha mustaqil apparat uzilish manbalarini tarkiblashtirish mumkin.
Multiprotsessor ishlatilmayotgan resurslarini o‘chirib qo‘yish
imkoniyati bor va
energiya istemolini tejaydi.
ARM 11 mikroarxitekturasida bittadan to‘rttagacha protsessorlari bo‘lishi
mumkin, bunda unumdorligi 2600 MIPS gacha yetadi.