83
VLIW-texnologiyasida kompilyator dastlab boshlong‘ich dasturni tadqiqot
qiladi, bunda bir vaqtda bajarilishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni qidiradi, lekin ular
turli bajaruvchi bloklarda amalga oshiriladi. So‘ng kompilyator bundek buyruqlarni
paketlarga birlashtiradi. Har bir paket bitta juda uzun buyruqni tashkil etadi, u faqat
sodda buyruqlardan iborat bo‘lib, bir vaqtda protsessorning
turli bajaruvchi
bloklarda amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda bitta juda uzun buyruqda sodda
buyruqlar soni protsessorda mavjut funksional bloklar soniga teng. 5.2-chizmada
TMS320C62x protsessori misolida axborotlarga ishlov berish sxemasi keltirilgan.
Protsessor ikkita axborot uzatish traktiga va sakkista
mustaqil operatsion
bloklarga ega hamda ular ikki qism qilib tashkillashtirilgan (“A” blok va “B” blok).
Ishlov berish kompilyator tomonidan buyruqlar paketini hosil qilish va ichki kesh-
hotiradan buyruqlar paketini o‘qishilishi bilan boshlanadi. Paket uzunligi – har biri
32 bitli sakkista buyuuruqdan iborat. 256 bitli paket bufer orqali turli vazifani
bajaruvchi sakkista operatsion bloklarga uzatiladi: L1, L2 –
mantiqiy
operatsiyalarni bajaruvchi bloklar; S1, S2 –
surish sxemalari; M1, M2 –
ko‘paytiruvchilar; D1, D2 - manzil elementlari. Natija ichki axborotlar OXQ
joylashtiriladi va keyingi ishlov berish taktlarida ishlatilishi mumkin.