O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

bevosita yozish
deb nomlangan (Write Through, 
pryamoy zapisyu ili skvoznoy). Protsessorning ancha keyingi modellarida 
teskari 
yozish
(Write Back, obratnaya zapis) qo‘llanilgan, u ancha tez ishlovchi bo‘lib, 
sababi tashqi shinaga murojat qilish soni ancha kam talab qilinadi. 
Teskari yozish ishlatilganda yoziladigan axborot faqat kerakli qator keshda 
bo‘lmasagina asosiy hotiraga jo‘natiladi.
 
Kesh-mo‘ljalga oldi holatida esa faqat 
kesh modifikatsiyalanadi. O‘zgartirilgan axborot faqat keshda yangi qator qayta 
yozilgandagina asosiy hotiraga tushadi. Oldingi qator esa butunligicha asosiy 
hotiraga qayta yoziladi, shu bilan birga kesh qiymatlari bilan asosiy hotira 
qiymatlarining bir hilligi tiklanadi. 
Talab etilgan qator keshda berilmagan hol bo‘lsa (kesh-mo‘ljalga olaolmadi 
holati), yozishga so‘rov tashqi shinaga yo‘naltiriladi, o‘qishga so‘rovga bir muncha 
murakkabroq ishlov beriladi. Agarda bu so‘rov hotiraning keshlanadigan xududiga 
tegishli bo‘lsa, u holda keshni butun qatorini to‘ldirish sikli bajariladi (16 bayt 
hotiradan to‘plamning qatorlaridan biriga qayta yoziladi, ushbu manzilga hizmat 
ko‘rsatadigan). Agarda so‘ralgan axborotlar bitta qatorga sig‘masa, u holda qo‘shni 
qator to‘ldiriladi. Protsessor qatorini eng tez usulda to‘ldirishga harakat qilinadi – 
paketli sikl bilan, biroq hotirani tashqi kontrolleri ancha sekin uzatishlarni 
ishlatilishini talab qilishi mumkin. 


78 
Protsessorni axborotlarga bo‘lgan ichki so‘rovini darhol qoniqtiriladi
hotiradan axborotlar o‘qilishi boshlanishi bilan, qatorni to‘ldirish jaroyoni
axborotga ishlov berish bilan parallel ravishda olib borilishi mumkin. Hotiraning 
ushbu manzili hizmat ko‘rsatadigan to‘plamda agarda bo‘sh qator bo‘lsa aynan u 
to‘ldiriladi. Agarda bo‘sh joy bo‘lmasa ko‘p vaqt murojat qilinmagan qator
to‘ldiriladi. Buning uchun LRU bitlari ishlatiladi, ular ushbu to‘plam qatoriga har 
bir murojat qilganida modifikatsiyalanadi. 
Undan tashqari, qatorlarni bekor qilish (ularni haqiqiy emas deb e’lon qilish) 
va butun kesh – hotirani tozalash imkoniyati mavjut.
 
Bevosita yozishda keshni 
tozalash protsessorning mahsus tashqi signali yordamida amalga oshiriladi, dastur 
yordamida mahsus buyruqlar orqali va shuningdek dastlabki nolga o‘tkazishda – 
RESET signali bo‘yicha. Keshni tozalash yozuvga ishlov berishida, barcha 
modifikatsiya qilingan qatorlarni asosiy hotiraga bo‘shatish nazarda tutiladi. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish