79
Tayanch iboralar:
signal, real vaqt,
raqamli
protsessor, signal prsessorlari,
surishning apparatli qurilmasi, katta
uzunlikdagi buyruq,
ko‘p yadroli protsessor.
Real vaqt o‘lchamida ishlash protsessorlardan
kirish
axborotlar oqimiga
yuqori tezlikda ishlov berishni talab etadi. Garvard arxitekturasiga o‘tish, hotirani
ko‘p bosqichli tashkillashtirish (registrli va kesh-hotira, OXQ/DXQ), tezkor shina
va konveyerlarni mavjutligi – bularning hammasi ishlov berish tezligini oshirish,
bir vaqtning o‘zida algoritmlarni bir necha taktini bajarish
imkonini berdi. Biroq
hisoblashlarni xaiqatdan
tezlatishni faqat parallel, oqimli ishlov berish usullari
beradi. Tezlikni keskin oshirishni sonli usullar imkoniyatlari
berishi bilan bir
qatorda, shuningdek ishlashini tizimli dasturlar quvvatlovchi parallel hisoblash
qurilmalarining mavjutligi ham beradi. Agarda dasturning turli qismlari jismonan
kompyuterning turli
qurilmalarida birga bajarilsa, u holda kompyuter dasturi
parallel deyiladi.