82
oshirilishi kerak. Bundek tizimlarda ichki manzillanadigan hotira katta hajmli
bo‘lmaydi, shuning uchun asosiy urg‘u hisoblash tezligiga va operativ hotira bilan
AMQ o‘rtasidagi axborot almashish tezligiga qaratilgan. Signal protsessorlarida bu
muammoni hal qilish uchun garvard arxitekturasi tatbiq etilgan. Bundek yondoshuv
bajaruvchi qurilmaga buyruq va axborotlarni parallel tanlash hamda bir vaqtning
o‘zida yuklashni ta’minlashga imkon beradi. Buyruqni tanlash va axborotni tanlash
taktlari bir vaqtda bajariladi. Garvard arxitekturasini rivojlantirilgan variantida
buyruqlar va axborotlar uchun alohida shinalar kiritilishi orqali tanlash tezligi yana
ham yuqoriroq oshirilgan. Garvard arxitekturasining keyingi rivojlanishi garvard
arxitekturasini modifikatsiyalashtirilgan varianti bo‘ldi, unda operandalar nafaqat
axborotlar hotirasida saqlanadi, buyruqlar hotirasida dasturlar bilan birga saqlanishi
mumkin. Masalan, raqamli filtrlarni joriy etilgan holda filtr koeffitsientlari dasturlar
hotirasida saqlanishi mumkin, kirish signallarining qiymatlari esa axborotlar
hotirasida saqlanadi. Koeffitsient va axborotlar bir mashina siklida tanlanishi
mumkin.
Signal protsessorlarida shuningdek konveyerli ishlov berish ishlatiladi.
Konveyerli ishlov berishda buyruqni bajarish masalasi bir necha joriy etish
bosqichlariga ajratiladi. Bosqichlarni ketma-ket ulanishi va ularni vaqt bo‘yicha
ustma-ust tushirish oddiy protsessorlardagidek amalga oshiriladi. Bundek
arxitekturaning o‘tkazish xususiyati vaqt birligi ichida konveyerdan o‘tkazilgan
buyruqlar soni bilan aniqlanadi.