93
Dasturiy uzilishlar
, apparatli uzilishdan farqli,
bajarilayotgan dasturga
nisbattan sinxron ravishda paydo bo‘ladi. Dasturiy uzilishlarning sababi, dasturni
bajarilishida yuzaga keluvchi dasturni bajarilishini normal davom etishiga to‘sqinlik
qiluvchi mahsus holatlar bo‘lishi mumkin va mahsus hizmat ko‘rsatilishini talab
etuvchi (to‘lish, hotira himoyasini buzilishi, operativ
hotirada kerakli betning
yo‘qligi) hamda shuningdek mahsus INT buyruq turi. Bu buyruqlar odatda
operatsion tizimning ma’lum vazifalarini chaqirish uchun ishlatiladi.
Uzilish tizimining vazifalari
:
1.Ko‘p manbalardan uzilishlarga so‘rovlarni qabul qilish va saqlash.
2.Kelgan so‘rovlardan eng ustunini ajratish.
3.Markaziy protsessorning so‘rovlarga ishlov berish imkoniyatini tekshirish
(so‘rovlarning ustunlik darajasini uzilish ostonasi deb ataluvchi bilan solishtirish).
4.Uziladigan dastur holatini (kontekstni) hotirada (stekda) saqlash.
5.Uzilishlarga ishlov beruvchini chaqirish.
6.Uzilishga ishlov berish dasturini bajarish.
7.Uzilgan dastur holatini (kontekstni) tiklash va uning bajarilishini amalga
oshirish.
Yuqorida keltirilgan 1 – 5, 7, bosqichlarda uzilishga so‘rov paydo bo‘lganda
avtomatik ravishda apparat vositalar orqali bajariladi.
Uzilish buyruq siklini ko‘rib chiqamiz. Barcha kompyuterlarda dasturni o‘tish
buyrug‘i inobatga olingan. Asosiy ishlovchi dasturning
uzilish sababi dasturga
oldindan kiritilgan shart bo‘lishi mumkin (shartli o‘tish) yoki oldindan inobatga
olinmagan harakatlar (shartsiz o‘tish) bo‘lishi mumkin, ular dasturni shoxlanishga
olib keladi. Dasturni bajarilishini uzilishini talab etuvchi harakatlardan
yana biri bu
protsedurani chaqirish.
Ko‘rsatilgan holatlarni amalga oshirish maqsadida – hisoblashlarning tabiiy
bajarilishini o‘zgartirish, dasturning o‘tish buyruqlarini manzil qismida o‘tish nuqta
manzili mavjut, ya’ni keyingisi bajarilishi kerak bo‘lgan va qaerga o‘tish kerak
bo‘lgan buyruq manzili. 6.1-chizmada shartli o‘tish buyrug‘ini
bajarilishiga misol
berilgan.