95
oladi. Protsessor so‘rov signalini olib, oxirgi bajarilgan buyruq nomerini xatiralab
qoladi va uzilishga ishlov berish dasturini bajarishga o‘tadi, ya’ni tashqi qurilma
tomonidan so‘ralgan harakatni bajarishga o‘tadi.
Bu harakatlarni tugallagach
potsessor hisoblash jarayonini asosiy dasturning keyingi (hotiralab qolgan
buyruqdan keyingisiga) buyrug‘iga o‘tishi yo‘li orqali tiklaydi.
Kompyuterning asosiy dasturini uzilish joyini hotiralab qolish uchun
ko‘pincha 6.2-chizmada ko‘rsatilgan stek hotirasi ishlatiladi. Stekka yozish asosiy
dasturni shoxlash tartibini hotiralab qolish (i+1 yacheyka nomeri)
va uzilgan
hisoblash jarayonini davom ettirish uchun ishlov berish qurilmasiga uzatish
imkoniyatini beradi.
6.2-chizma. Stek hotiraning ishlatish tamoili
Agarda uzilish dasturini bajarilishi tugashigachan yangi uzilishga zarurat
bo‘lib qolsa, inobatga olinmagan o‘rnatilgan sikl hosil bo‘ladi va o‘rnatilgan
dasturga ketish joyini hotiralab qolish talab etiladi. O‘rnatilgan
dasturni bajarib
bo‘lgach oldingi uzilishga ishlov berish dasturini bajarishga qaytish kerak, uni
bajarib bo‘lingandan so‘ng esa asosiy dasturni bajarishga qaytish zarur (6.3-chizma).
Bundek bir necha shoxlanishlarda asosiy dasturni bajarishga qaytish tartibi
uzilishlarga teskari ketma-ketlikda sodir bo‘ladi.
чиқиш
N-1
N-2
N-3
2
1
0
a)
0
1
2
N-2
N-1
0
1
N-1
N-2
N-3
б)
2
N-3
кириш
чиқиш
96
6.3-chizma. Uzilishni joylangan siklini bajarilishi
Vaqtincha to‘xtatilgan dasturlarni avtomatik ravishda
tiklanishi, shoxlanish
tartibini ta’minlash va asosiy dasturga qaytishning bu mexanizmi stek hotirasiga
o‘rnatilgan LIFO tamoili yordamida joriy etiladi – “birinchi kelding-oxiri chiqasan”.
Buyruqlar manzillari shoxlashlarning hosil bo‘lish
tartibida yoziladi, o‘qish esa
teskari tartibda amalga oshiriladi.
Demak, uzilishlar tizimi kompyuterga dasturiy –mustaqil voqealarga etibor
qilishni hozirda bajarilayotgan dasturni vaqtincha bajarilishini to‘xtatish va bundek
voqeaga ishlov berish uchun mo‘ljallangan mahsus dasturga (yoki dasturostiga)
boshqarishni berish yo‘li orqali imkon beradi.