89
6.2.Uzilish ish tartibini joriy etish
6.3.Tashqi qurilmalardan kelgan uzilishlarga ishlov berish.
Tayanch iboralar:
taymer,
qo‘riqchi taymer,
uzilish ish tartibi, voqea sodir
bo‘lish vaqti, uzilish kontrolleri,
dasturiy uzilish, apparatli uzilish.
6.1.Ishlov berishning vaqt ko‘rsatgichlarini ta’minlash
Boshqarilishi kerak bo‘lgan ob’ektda datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular ob’ekt
haqidagi birlamchi axborotlarni ishlov berish uchun ko‘p ko‘rsatgichlarni
hosil
qiladi. Bu axborotlarni yig‘ish, o‘zgartirish va hisoblash blokiga (mikroprotsessor)
kiritish o‘zgartirish tizimostisi tomonidan amalga oshiriladi,
u tizimli interfeys
orqali hisoblash blok yadrosi bilan muloqat qiladi. Ob’ekt ko‘rsatgichlari bo‘yicha
zarur bo‘lgan hisoblash operatsiyalarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, operatsion blok
yoki yadro boshqarish ta’sirini hosil qiladi, u chiqish va o‘zgartirish bloklari orqali
ob’ektga boshqarish yoki o‘lchash jarayonlarini kerakli ko‘rsatgichini ta’minlash
uchun uzatiladi.
Hisoblash natijalari hisoblash blokining yadrosi tomonidan monitor ekraniga
standart aks ettirish tizimlari yordamida yoki boshqa ko‘rsatish vositalariga
chiqariladi yoki axborotga ikkilamchi ishlov berishga
ancha yuqori bosqichdagi
tizimlar bilan muloqat uchun aloqa kanali orqali uzatiladi. Bundek talabchang
ishlov berish ish tartibini ta’minlash qurilmalaridan biri taymerdir.
Taymer
. Taymer hozirdagi ish tartibini saqlash va berilgan davomiylikdagi
vaqt oraliqlarini hisoblashni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Taymerning ishlash
tamoili ikkilik sanoq qurilmasining ishlashiga asoslangan va boshlong‘ich qiymatni
dastlab yozish imkoniyati mavjut. Sinxro signalning har bir taktidan so‘ng sanoq
qurilma o‘zida bor qiymatga birni qo‘shadi yoki o‘zida bor qiymatdan birni ayiradi.
Nolga yetganda (ya’ni to‘lish hosil bo‘lganda) sanoq qurilma chiqishida faol qiymat
ishlab chiqariladi. Odatda, taymerning chiqish signalini
protsessorning uzilishni
so‘rash kirishiga yoki uzilishlar kontrolleriga beriladi.
Ko‘pchilik zamonaviy o‘rnatilgan tizimlarda masalalarni ishga tushuruvchi
(pereklyuchatel zadach) asosida vaqtni taqsimlash tizimini
tashkillashtirish uchun
asos sifatida taymerlar ishlatiladi.