84
5.2-chizma.
VLIW protsessorlarida buyruq va axborotlar oqimining sxemasi
Qisqa buyruqlar paketini dastlabki tayyorlash
uchun kompilyatorlarni
ishlatish tamoili yetarli darajada murakkab “aqilli” kompilyatorlarni talab etadi,
biroq buyruqlar darajasida parallelikni va ayniqsa dasturning sodda buyruqlari
uchun axborotlarga ishlov berishda juda yuqori tezlikni ta’minlaydi.
5.3.Ko‘p yadroli protsessorlar
Protsessorning unumdorligini ta’minlashda ikki yondoshuv mavjut.
Birinchisi – protsessorning
takt chastotasini oshirish, ikkinchisi – protsessorning
bitta taktida bajariluvchi dasturiy kodning ko‘rsatmalar sonini oshirish. Takt
chastotani cheksiz oshirib bo‘lmaydi va u protsessorni ishlab chiqaish
texnologiyasiga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda
unumdorlikni oshishi takt
chastotasining oshishiga to‘g‘ri proporsional emas, ya’ni takt chastotasini keyingi
oshirilishi unumdorlikni oshirmaydi, to‘yinish tendensiyasi kuzatiladi.
Bir taktda bir vaqtda bajariluvchi buyruqlar sonini oshirish maqsadida ko‘p
sonli funksional bajaruvchi qurilmalari bo‘lgan ancha
rivojlangan protsessor
arxitekturasini loyihalashtirish – unumdorlikni oshirish yo‘lining ananaviy takt
chastotani oshirishga alternativdir.
Ko‘p yadroli protsessor ikki yoki undan ko‘p bajaruvchi yadroga ega.
Operatsion tizim har bir bajaruvchi yadroni barcha zarur bo‘lgan hisoblash resurslari
bo‘lgan diskret protsessor kabi qaraydi. Shuning uchun protsessorning ko‘p yadroli
arxitekturasi tegishli dasturiy ta’minotning quvvatlashi orqali bir necha dasturiy
oqimlarni to‘liq parallel bajarilishini amalga oshiradi.
Ko‘p yadroli protsessorlar yaxlit kristallda multiprotsessorli ishlov berish ish
tartibini quvvatlaydi. Bu texnologiya
SMR
(Chip Multiprocessing).
Bu yadrolar
o‘zi bitta texnologik kristalldagi alohida protsessorlardir. Bajaruvchi yadrolar
o‘zining apparat to‘plamiga va arxitekturaviy resurslariga ega. Konstruksiyasiga
bog‘liq holda bu protsessorlar o‘zining keshini birga ishlatishi mumkin. Ko‘p
yadroli arxitekturani tatbiq etilishi tufayli har bir buyruq ketma-ketligi (dasturiy
85
oqim) apparatli bajarish muhitini faqat o‘z ixtiyoriga oladi. 5.3-chizmada bir yadroli
va ikki yadroli apparatli tarkib keltirilgan.
Chizmada (a) bajaruvchi blok tarkibidagi
bir yadroli protsessor, birinchi
bosqich kesh-hotira (L1) va kompyuterning tizimli shinasi bilan ulanish uchun
interfeys bloki ko‘rsatilgan, (b) chizmada esa ikki yadroli varianti berilgan, unda
har bir blok uchun o‘zining birinchi bosqich kesh va interfeys bloklari ko‘rsatilgan.
“Bajaruvchi yadro” nomi bu buyruqni bajarishda
bevosita ishtrok etuvchi
funksional bloklar to‘plamidan iboratligini bildiradi. Hotira va interfeys bilan ular
“yadro” ga birlashadi. Protsessorlarda yadrolar soni farq qilishi mumkin, lekin
yadrolar simmetrik bo‘lib qoladilar. Bu holat protsessor kristallida ko‘p
sonli
yadrolarni joylashtirishni ta’minlaydi.