|
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmuaBog'liq O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmuaQo‘riqchi taymer
. Agarda boshqarish tizimida amaliy kuzatiladigan yoki
nazorat qilinadigan jarayon bo‘lsa, u muxim maqsadli vazifani bajaradi, bu holda
uning faoliyatini to‘xtashi butunlay o‘rnatilgan tizimning ishini to‘xtashiga olib
kelishi mumkin, ya’ni buzilish holatiga. Agarda bundek holatlarni aniqlashga
alohida chora ko‘rilmasa, o‘rnatilgan tizim yetarli uzoq vaqt davomida aniq
bo‘lmagan holatda ishlashi mumkin. Tizimni buzilish holatidan himoyalash uchun
va vazifasini bajarishni normal ish tartibini saqlashga odatda qo‘riqchi taymer
ishlatiladi. Demak, qo‘riqchi taymer tizimni buzilishdan saqlash mexanizimidir.
Qo‘riqchi taymerning ishlashini batafsil ko‘rib chiqamiz: kuzatiladigan
amaliy jarayon, qo‘riqchi taymer jarayoni va hizmatchi jarayon, tizimni avariya
holatdan himoyalash mexanizmini amalga oshiradi. Qo‘riqchi taymer
mexanizmining maqsadi kuzatilayotgan jarayon normal kechayotganligini aniqlash
mumkin bo‘lgan ko‘rsatgichni tekshirishdan iborat. Agrda qo‘riqchi taymer
kuzatilayotgan jarayon rejadagidek amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda hech narsa
bo‘lmaydi. Agarda qo‘riqchi taymer kuzatilayotgan jarayonda nimadir rejadan
tashqari sodir bo‘lsa, u holda axborot avariya holatini hal qilish tizimiga uzatiladi va
u o‘z navbatida kuzatilayotgan jarayonni keyingi taqdirini hal qilish yechimini
qabul qiladi.
Eng oddiy holda qo‘riqchi taymer sifatida odatdagi hisoblash sanoq qurilmasi
ishlatiladi. Ishga tushirishda sanoq qurilmasiga qandaydir son yoziladi. Agarda
ishlash jarayonida sanoq qurilmasiga vaqti-vaqtida yangi konstanta kiritilsa, u holda
hech narsa sodir bo‘lmaydi. Agarda amaliy jarayon konstantani yozishga ulgira
olmasa va sanoq qurilma nolgachan sanab ulgursa, apparat restart (qayta ishga
tushirish signali) signalini ishlab chiqaradi va protsessor qayta ishga tushiriladi.
Tabiiyki qo‘riqchi taymerning oddiy variantini qo‘llash tizimni buzilish holatidan
chiqishni 100% kafolatlay olmaydi.
|
| |