O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
 
7.2.Hotira bilan almashuvni joriy etish 
So‘rov turi kontrollerni boshqarish sxemasiga keladi, shu sxemaga tashqi 
qurilma manzili ham jo‘natiladi. Operativ hotiraning boshlong‘ich yacheyka manzili 
registrda saqlanadi, uning qiymati o‘qish/yozish bo‘lganda birga oshadi. Blok 
o‘lchami axborotlar sanoq qurilmasiga kiritiladi, uning qiymati har bir so‘zni 
uzatilgach birga kamayadi. Sanoq qurilmadagi nol o‘qish/yozish operatsiyasini 
tugaganini bildiradi. 
Марказий 
процессор 
Манзил 
регистри 
Ахборотлар 
регистри 
Ахборотлар 
саноқ 
қурилмаси 
Бошқариш 
схемаси
Асосий 
хотира 
Ташқи 
қурилма 1 
Ташқи 
қурилма N 
Тизимли 
шина 
ХБЭ
К 
БШ 
АШ 
МШ 


107 
Tashqi qurilma tomonidan signal berilganda XBEB kontrolleri protsessorga 
“XBEB ga so‘rov” jo‘natadi, protsessor shinalarni va kirishtish/chiqarish yo‘lini
bo‘shatadi, so‘ng axborot uzatishni boshlashga protsessordan XBEB ga tasdiq 
signali ketadi. O‘qish va yozishda uzatilayotgan so‘zni registrga buferlash sodir 
bo‘ladi, chunki operativ hotira va tashqi qurilmaning ishlash tezliklari farq qiladi. 
Protsessorning manzillar registri va buyruqlar sanoq qurilmasi sinxron ravishda har 
bir almashuv taktidan so‘ng mos ravishda birga oshadi/kamayadi. 
Protsessorning ishiga hozirda bajarilayotgan buyruqning barcha 
bosqichlarida aralashish mumkin, faqat “buyruqlarni o‘qish” momentidan 
tashqari.Tashqi qurilmani muloqotini tashkillashtirish usuli operativ hotira va 
tashqi qurilmanlarning tezligini holatiga bog‘liq.
Umumiy ko‘rinishda XBEB ish tartibi bo‘yicha uzatish sodir bo‘lganda
quyidagi harakatlar bajariladi: 
1.Protsessor qurilma ko‘rsatgichlarini, operatsiyani qurilmada bajarish uchun, 
uzatiladigan axborotlar uchun borish joyi yoki manba bo‘lgan hotira manzilini va 
o‘tqaziladigan baytlar sonini berib XBEB ish tartibini chaqiradi. 
2.XBEB kontrolleri qurilmada operatsiyani ishga tushiradi va ichki ulanish 
uchun signal uzatadi. Axborotlarga ega bo‘lish mumkin bo‘lganda (qurilmadan yoki 
hotiradan), u ularni o‘tqazadi. Qurilma o‘qish yoki yozish uchun hotira manzilini 
yetkazadi. Agarda so‘rov bittadan ko‘p uzatish seansini talab qilsa (transfer), XBEB 
kontrolleri navbatdagi manzilni hosil qiladi, keyingi transfer boshlanadi. Bu 
mexanizmni ishlatib, kontroller uzunligi ming baytni tashkil qilgan transferni to‘liq 
protsessorni bezovta qilmasdan tugallashi mumkin. Ko‘p XBEB kontrollerlari
uncha katta bo‘lmagan hotiraga ega, u transferda ushlanish bo‘lganda va 
shuningdek asosiy bo‘lish uchun kutish bo‘lganda bemalol shug‘ullanish 
imkoniyatini beradi. 
3.XBEB-transferi tugashi bilan, kontroller protsessorni uzadi, u shundan 
so‘ng barcha operatsiya muvaffaqiyatli bajarildimi yoki yo‘qligini XBEB 
qurilmasiga signal jo‘natib yoki hotirani tadqiqot qilgach aniqlay oladi.


108 
Odatda XBEB bloklari bilan nisbattan quvvatli kontrollerlar modeli 
ta’minlanadi. Asosan XBEB hotira bilan tashqi qurilmalar muloqati uchun 
ishlatiladi, ular axborotni katta oqimini hosil qila oladi: tarmoq kontrollerlari, ARO‘ 
va RAO‘. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish