113
almashishni dasturiy-boshqarilishi deyiladi. Dasturiy –boshqarishli almashuv
almashishning yagona turi emas, lekin almashuvning eng samarali turi, shuning
uchun uni eng ko‘p qo‘llaydilar.
Eng oddiy ko‘rinishda kiritish-chiqarishning dasturiy–boshqarish jarayoni
kiritish-chiqarish qurilmasining holatidan qatiy nazar bajariladi. Almashuvning bu
turi
to‘g‘ri
yoki
shartsiz
deb atalgan. Toza ko‘rinishda to‘g‘ri kiritish-chiqarish
jarayonlari kiritish-chiqarish qurilmasi faqat har doim almashuvga tayyor bo‘lgan
shartda bo‘lishi mumkin.
Shartli kirish-chiqishning ikki turi mavjut: siklni egallash bilan va birgalikda.
Birinchi holda kontroller protsessor vaqtini yo‘qotib tayyorlikni kutish siklida
to‘xtaydi. Ikkinchi holda esa, agarda kiritish-chiqarish qurilmasi almashuvga tayyor
bo‘lmasa, protsessor kirish-chiqish operatsiyasini bajarmasdan asosiy masalani
bajarishga qaytadi. Biroq u yana kiritish-chiqarish qurilmasini almashuvga
tayyorligni tekshirishga takroran qaytishi mumkin va imkon bo‘lganda uni bajaradi.
Almashuv operatsiyasi tugatilgach kirish-chiqish qurilmasining tayyorlik
signali olib tashlanishi kerak va faqat almashuvga yangitdan tayyor bo‘lganda yana
qo‘yilishi kerak. Bu maqsadda kirish-chiqish qurilmasiga operatsiya tugagani
haqida axborot berish kerak, buning uchun boshqarish so‘zlaridan biriga kiritilgan
CW tasdiqlash signali ishlatiladi. Bu turdagi hizmatchi axborotni almashish
protokolini chiptalash (kvitirovanie) deb ataladi. U kiritish-chiqarish qurilmasi
belgilagan tezlikda axborotlarni ishonchli sinxron uzatishni ta’minlaydi.