O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
 
8.4. Kiritish/chiqarishning apparatli interfeyslari 
Ko‘p hollarda SoC – tizimlari qo‘shimcha mahsuslashtirilgan kiritish-
chiqarish qurilmalariga muxtojdirlar. Bu qurilmalar turli parallel (yuqori 
unumdorli) yoki ketma-ket interfeyslar (magistrallar) yordamida ulanishi mumkin, 
ularning kontrollerlari kristaldagi tizimga joylashtirilishi kerak bo‘ladi. Bundek 
interfeyslarga turli talablar qo‘yiladi, u ularni kontrollerini quvvatlashi kerak. 
Ketma-ket uzatish va axborotlarni qabul qilishda bitta axborot yo‘lidan faqat 
bittalab bitlarni bir-biridan keyin uzatish yoki qabul qilish amalga oshiriladi. Bu 


114 
axborot uzatish uchun zarur bo‘lgan simlar sonini minimumgachan parallel 
uzatishga nisbattan kamaytiradi, qachonki uzatish va qabul qilish bir vaqtning 
o‘zida bir necha axborot yo‘llaridan amalga oshirilganda. Ketma-ket interfeylar 
ham shuningdek axborot almashishining turli variantlariga ega. 
Ketma-ket uzatish sxemasi 
simpleksli
deb ataladi, agarda axborot oqimi
uzatilib va so‘ng faqat bir yo‘nalishda qabul qilinsa. Ketma-ket uzatish sxemasi 
yarim dupleksli
deb ataladi, agarda vaqtning har bir momentida faqat bir yo‘nalishga 
oqimni ikki yo‘nalishdan birida uzatilishi va qabul qilinishi mumkin bo‘lsa. Ketma-
ket uzatish sxemasi 
dupleksli 
deb ataladi, agarda oqim uzatilish va qabul 
qilinishning ikki yo‘nalishdan birida bir vaqtda amalga oshirish mumkin bo‘lsa. 
Protsessorning takt chastotasi aniqlab beruvchi doimiy (o‘zgarmas) vaqt 
oraliqlari bilan xuddi uziliksiz oqim kabi bajariladigan ketma-ket uzatish
sinxron 
uzatish
deb ataladi, doimiy bo‘lmagan vaqt oralig‘ida bajarilishi – 
asinxronli uzatish
deb ataladi. 
Ketma-ket interfeyslarning kontrollerlari quyidagi masalalarni bajarish uchun 
mo‘ljallangan: 

o‘rnatilgan tizimlarni yuqori bosqichdagi boshqarish tizimlari bilan bog‘lash: 
sanoat yoki ofis kompyuteri, dasturlanuvchi kontroller bilan. Bu maqsadlar 
uchun ko‘pincha RS-232C, RS-422, USB, IrDA interfeyslari ishlatiladi; 

mikrokontrollerga nisbattan tashqi bo‘lgan tashqi mikrosxemalar bilan 
(EEPROM xotir, real vaqt soati (RTC), shuningdek ketma-ket raqamli 
chiqishli turli datchiklar) bog‘lash. Ko‘pincha SPI, I
2
C, Micro Wire, uLAN
va boshqalar; 

tarqatilgan axborot-boshqarish tizimlarida mahalliy tarmoq bilan bog‘lash 
interfeysi. RS-232C, RS-485, I
2
C, uLAN, CAN, Ethernet interfeyslar 
ishlatiladi; 

dasturni rezidentli hotirasini ichki tizimli dasturlash yoki o‘rnatilgan tatbiqlar 
uchun protsessorlar axborotlari. Ishlatiladigan interfeys RS-232C (ADuC 
(Analog Devices), MB90Fxxx (Fujitsu), MSP430 (Texas Instruments) SPI 
(AVR) (Atmel)). 


115 
Ketma-ket almashuv kontrollerlari o‘rtasida “de-fakto” standarti bo‘lib 
universal 
sinxron-asinxron 
qabul 
uzatishning 
moduli 
(Universal 
Synchronous/Asynchronous Receiver and Transmitter, USART) qoldi. Ketma-ket 
UART
port ko‘rsatgichlari bosma plata hududidan tashqarida axborotlarni qabul 
qilish va uzatishni amalga oshirishga imkon bermaydi. Boshqa qurilmalar bilan 
aloqa qilish uchun UART modulidan kelgan signalni RS-232, RS-485, RS-422 
standartlaridan birida ishlovchi qabul uzatish qurilmasi orqali o‘tqazish zarur. 
Odatda UART moduli sinxron ish tartibida RS-232 interfeyslari uchun almashuv 
protokolni quvvatlaydi, sinxron ish tartibida – standart bo‘lmagan sinxron 
protokollarni quvvatlaydi. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish