125
ARINC 429 - avionikada qo‘llash uchun kompyuter shinasiga standart.
ARINC firmasi tomonidan loyihalashtirilgan. Standart
samolyotning raqamli
axborot tizimi uchun asosiy vazifalarni va zarur jismoniy hamda elektirik
intefeyslarni bayon qiladi. Bugungi kunda ARINC 429 ko‘pchilik
yaxshi
jixozlangan samolyotlar uchun yetakchi aviatsion shinadir.
ARINC 429 ikki simli axborotlar shinasidir. Ulovchi simlar – o‘ralgan juft
kabellari. So‘z o‘lchami 32 bit, ko‘pchilik ma’lumotlar yagona so‘zdan iborat.
Spesifikatsiya elektr ko‘rsatgichni, axborot almashuvi va protokollar
ko‘rsatgichlarini aniqlab beradi.
ARINC 429 axborotlar shinasining bir yo‘nalishligi ishlatiladi (uzatish va
qabul qilish yo‘llari jismonan ajratilgan). Ma’lumotlar
uchta tezlikdan birida
uzatiladi: 12,5; 50 yoki 100 Kbit/sek. Uzatuvchi qurilma har doim faol, u
axborotlarni 32-bitli so‘zlarini yoki uzatadi, yoki “bo‘sh” qiymatni beradi. Shinaga
20 tadan oshmagan qabul qiluvchi va bittadan ko‘p bo‘lmagan
uzatuvchi ruxsat
etiladi.
JTAG interfeysi
qurilmalarni
testlash, dasturlarni sozlash va dasturiy
ta’minotni yuklashni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
O‘rnatilgan yuklovchini mikrokontrollerga ishlab
chiqaruvchi tomonidan
qo‘shiladi, u yerda butunlay qoladi (uni odatda yo‘q qilib bo‘lmaydi) va
mikrokontrollerga yozilgan dasturni oddiy ketma-ket kanal orqali yangilash
mumkin, qo‘shimcha dasturiy ta’minot ishlatmasdan maqsadli tizim tomonidan va
apparatli ta’minot (programmator) instrumental tomondan. O‘rnatilgan
yuklovchi
o‘rnatilgan FLASH hotiraning (DXQ) ximoyalangan xududida joylashadi, shuning
uchun uni o‘chirib bo‘lmaydi. Yuklovchini ishga tushirish mahsus signalni
mikrokontrollerning ma’lum oyoqchalariga berish yo‘li
bilan amalga oshiriladi
(yoki signallar guruxi).