Kesh-hotirani tashkillashtirish




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
4.3.Kesh-hotirani tashkillashtirish 
Kesh-hotira (yoki oddiy qilib kesh deyish mumkin, inglizchadan Cache - 
ombor, bekitiqchi joy) 
– vazifasi, tizimli hotiradagi axborotni vaqtincha saqlash 
uchun ya’ni uning maqsadi saqlangan axborotga ega bo‘lishni osonlashtirish hamda 
protsessor bilan tizimli hotira o‘rtasidagi axborot almashuv vaqtini tejashdan iborat. 
Tezlashtirish tezkor hotirani ishlatish va axborotga tez ega bo‘lishni qo‘llash evaziga 
erishiladi. Kesh-hotirada doimo yangilanib turuvchi asosiy hotiraning bazi 
xududining nusxasi saqlanadi.
Kesh-xotraning kiritilish sababi quydagidan iborat, shaxsiy kompyuterning 
tizimli hotirasi dinamik hotira mikrosxemalarida amalga oshirilgan bo‘lib, u 
arzonligi bilan ajralib turadi, lekin tezligi statik hotiraga qaraganda ancha kam. 
G‘oya shundan iboratki, tezkor oraliq statik hotira buferini kiritish orqali, sekin 
ishlaydigan dinamik hotira tezligini oshirish mumkin bo‘lishidir. Ma’no jixatidan, 
kesh-hotira oldin kiritilib qo‘llanilgan buyruqlar konveyerining ishini ancha yuqori 
darajada bajaradi. Kesh-hotirada tizimli hotirani bazi xududining nusxasi saqlanadi 
va protsessor hotiraning bu qismi bilan almashuvni tizimli hotiraga qaraganda ancha 
tez amalga oshiradi. Kesh-hotirada buyruqlar va shuningdek axborotlar ham 
saqlanadi. 
Kesh-hotirani ishlatilishi tufayli tezlikdan yutilishining sababi, protsessor 
ko‘pchilik hollarda ketma-ket, biri ikkinchisidan keyin kelgan yoki bir-biriga yaqin 
bo‘lgan hotira manzillariga murojat qiladi. Shuning uchun uncha katta bo‘lmagan 
kesh-hotira ichida shu manzillardagi axborotlarning bo‘lish extimoli yuqori. Agarda 
protsessor oldin murojat qilgan manzillardan uzoqda bo‘lgan manzilga murojat 


73 
qilsa, kesh foydasiz bo‘lib qoladi va qayta yuklanish talab etiladi, bunda esa hatto 
keshsiz tarkibga qaraganda almashuv sekinroq bo‘lishi mumkin. 
Shundek qilib, kesh – hotira – bu bufer turidagi tezkor hotira bo‘lib, operativ 
hotiradan to‘ldiriladi. Kesh-hotira mikroprotsessor tizimilaridagi boshqa hotira 
turiga qaraganda minimal ega bo‘lish vaqtiga ega va unda protsessor uchun yaqin 
vaqtda kerak bo‘ladigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi. 
Kesh-hotira ichki (protsessor tarkibiga kirgan) bo‘lishi mumkin va 
shuningdek tashqi ham bo‘lishi mumkin.
Ichki kesh-hotira birinchi bosqich keshi 
deb ataladi, tashqisi esa – ikkinchi bosqich keshi deb yuritiladi
. Ichki kesh hajmi 
unchalik katta emas. Tashqi keshning sig‘imi bir necha megabaytni tashkil qilishi 
mumkin. Ammo ularning ishlash tamoili bir hil. Uchinchi bosqich kesh-hotirasi – 
bu statik operativ hotira qurilmasi (OXQ), uning sig‘imi bir necha megabaytni 
tashkil etadi va dinamik OXQ nisbattan ancha tez ishlaydi. 
Odatda birinchi bosqich kesh-hotirasiga axborotlarni ikkinchi bosqich kesh-
hotirasidan chaqirtiriladi, ikkinchi bosqich kesh-hotirasiga esa axborotlarni uchinchi 
bosqich kesh-hotirasidan chaqirtiriladi. 
Kesh-hotiraning barcha turlarida quyidagi model ishlatiladi: hotira ma’lum
o‘lchamdagi bloklarga taqsimlanadi, ular 
kesh-hotira qatorlari
deb ataladi. Kesh-
hotira qatori bir necha ketma-ketlikdagi baytlardan tashkil topgan (odatda 4 baytdan 
64 baytgachan). Kesh-hotiraga murojat bo‘lganda, kesh-hotira kontrolleri ushbu 
vaqtda kesh-hotirada kerakli so‘z (axborot) borligini tekshiradi. Agarda bor bo‘lsa 
(

Download 2,55 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish