O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
Nazorat uchun savollar 
 
1.Boshqarishda o‘rnatilgan tizim bajaradigan masalalarni sanab bering. 
2.16-razryadli va 32-razryadli MK oilasining rusumlarini va texnik ko‘rsatgichlarini 
keltiring. 
3. Grafik protsessorlar haqida ma’lumot bering (DSP). 
4.Mikrokontrollerning umumlashtirilgan tarqibini bayon qiling. 
 
 
4-MA’RUZA 
 
Mavzu: MIKROKONTROLLERNI TAShKILLAShTIRISh 
 
Reja: 
4.1.Mikrokontroller protsessori. 
4.2.Mikrokontrollerning umumiy hotirasi. 
4.3.Kesh-hotirani tashkillashtirish. 
 
Tayanch iboralar:
modulli tamoil, protsessor yadrosi, markaziy protsessor, 
mikrokontroller, dasturlar hotirasi, arifmetik – mantiqiy qurilma,
 
kesh-hotira. 
 
4.1.Mikrokontroller protsessori 
Modulli tamoil asosida qurilgan bir oilaning barcha MK lari bir hil 
protsessor yadrosiga ega bo‘ladilar va MK ning turli modellarini ajratib turuvchi 
o‘zgaruvchan funksional blokka ega bo‘ladi. 4.1-chizmada modulli MK tarkibiy 
sxemasi keltirilgan. 
4.1-chizma. Mikrokontrollerning asosiy funksional bloklari 
Синхрониза
циялаш 
схемаси 
Процессор 
Иш тартибини 
бошқариш 
схемаси 
Г 
ДХҚ 
ОХҚ 
к/ч портлар 
Тайме
р 
АРЎ 
АШ 
МШ 


61 
Protsessor yadrosi o‘z tarkibiga quyidagi qurilmalarni oladi: 
-markaziy protsessor; 
-manzil, axborot va boshqarish shinalar tarkibida kontrollerning ichki magistrali 
(KIM); 
-MK sinxronizatsiyalash sxemasi; 
-MK ish tartibini boshqarish sxemasi, shu jumladan yana pasaytirilgan energiyani 
istemol ish tartibini quvvatlash, dastlabki ishga tushurish (sbros, tashlash) va x.k. 
o‘z ichiga olgan. 
O‘zgaruvchan funksional blok o‘z tarkibiga turli hildagi va turli sig‘imga ega 
bo‘lgan hotira modullarini, kiritish/chiqarish portlarini, takt generator modulini (G), 
taymerni oladi. Nisbattan oddiy mikrokontrollerlarda uzulishlarga ishlov berish 
moduli 
protsessor 
yadrosining 
tarkibiga 
kiradi. 
Ancha 
murakkab 
mikrokontrollerlarda esa u rivojlangan imkoniyatli alohida modul sifatida bo‘ladi. 
O‘zgaruvchan funksional blok tarkibiga qo‘shimcha modul sifatida kuchlanish 
komparatori, analog-raqam o‘zgartiruvchi (ARO‘) va boshqalar kirishi mumkin. Har 
bir modul MK tarkibida kontrollerning ichki magistralining (KIM) protokollarini 
hisobga olingan holda ishlashi uchun loyihalashtiriladi. Ushbu yondoshuv bir oila 
ichida tarkibi jixatidan turli MK yaratish imkonini beradi.
Protsessor bevosita ikkilik tizimida havola qilingan axborotlarga ishlov 
berishni va buyruqlar ketma-ketligiga mos ravishda bu jarayonni boshqarishni
amalga oshiradi. Takt generatori (G) MK qurilmalaridagi jaroyolarni o‘tishini 
sinxronizatsiyalash uchun tayanch signallar ketma-ketligini hosil qilishni bajaradi. 
Shina kontrolleri mikrokontrollerdagi buyruqlarni bajarilishining turli bosqichlarini 
taktlovchi va mikrokontrollerning tashqi qurilmalari bilan axborot almashuvini
taminlovchi ichki magistrallarda (axborotlar va manzillar magistrallari) tarqaluvchi 
impuls ketma – ketligini shakillantirishni hosil qiladi (4.1-chizma). Protsessor 
yadrosining tarkibiga MK ishlashini ish tartiblarini sinxronizatsiyalash va 
boshqarishni taktlovchi sxema kiradi. 


62 
Buyruqlar protsessorning buyruqlar hotirasida berilgan manzilda (yacheyka 
nomerida) joylashadi va u bajarilayotgan operatsiyani bayon qiluvchi hamda 
operandalarni beruvchi (axborotlar, ular ustida operatsiya bajariladi) boshqarish 
kodlaridir. Har bir MK buyruqlar ro‘yxati va ularni o‘lchami bilan harakterlanadigan 
ma’lum buyruqlar tizimiga ega. Buyruqlar tizimi operatsiyalar to‘plamidan iborat 
bo‘lib, MK protsessori tomonidan bajariladi. Buyruqlar ro‘yxatidan to‘rtta 
operatsiyalar guruhini ajratish mumkin: 

axborotlarni uzatish operatsiyasi (hotira yacheykalari o‘rtasida va boshqa 
mikrokontrollerning dasturiy –ega bo‘lish elementlari o‘rtasida); 

arifmetik operatsiyalar (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish); 

mantiqiy operatsiyalar (“VA”, “YoKI”, invertlash, “YoKI” ni inkori, turli 
surishlar); 

boshqarishni uzatish operatsiyalari (manzil bo‘yicha shartsiz o‘tish, tenglik sharti 
bo‘yicha o‘tish yoki operandalarni teng emasligi bo‘yicha o‘tish, dastur ostiga 
o‘tish va undan qaytish).
 
Buyruq o‘lchami dasturning navbatdagi qadamida bajariladigan operatsiyani, 
kirish va chiqish operandalarni, shuningdek dasturning keyingi qadamida bajarilishi 
kerak bo‘lgan buyruq manzilini aniqlashga imkon beradi. Buyruqlar vazifasi 
bo‘yicha oddiy shaxsiy kompyuter buyruq turidan kam farq qiladi, umuman 
protsessorning o‘zini tarkibi esa oddiy protsessorning soddalashtirilgan variantidan 
iborat (4.2-chizma). 
Bajariladigan buyruq turi operatsiya kodi (OPK) tomonidan beriladi. 
Operandalarni berish uchun quyidagi manzillash usullari ishlatiladi: 

aniq bo‘lmagan: operand ko‘rsatilmaydi, sababi unga so‘zsiz ega bo‘lish 
mumkin (masalan, uni joylashtirish yagona bo‘lishi mumkin bo‘lganligi 
sababli); 

bevosita: kirish operandi buyruq tarkibiga kiritiladi (masalan, konstantalarni 
berish maqsadida); 

to‘g‘ri: buyruqda axborotlar hotirasidagi operanda joylashgan manzil
ko‘rsatiladi; 


63 

bilvosita: buyruqda axborotlar hotirasining yacheyka manzili ko‘rsatiladi, 
axborotlar hotira yacheyka manzilida operand joylashgan (masalan, dastur 
qismini ko‘p marotabadan takrorlanishida buyruq operanda qiymatini 
o‘zgartirish qulay ketma-ket joylashgan axborotlarga ega bo‘lishni 
tashkillashtirishda, shu orqali qidirilayotgan axborot manzilini o‘zgartirib);

nisbiy: buyruqda axborotlar hotirasining yacheyka manzili ko‘rsatiladi, uning 
qiymatiga qandaydir kattalik qo‘shilgan bo‘lib (aniqmas holda berilgan) 
axborotlar hotirasidagi yacheyka manzilini beradi, u bo‘yicha qidirilayotgan 
operand joylashgan (masalan, axborotlar jadvali elementiga murojat 
qilinganda, qidirilayotgan operandani jadvalning boshlanishiga nisbattan 
surilish bo‘yicha topish oson). Keyingi bajariladigan buyruq manzili aniqmas 
holda xuddi dastur hotira manzili kabi beriladi, bu esa ko‘pchilik dasturlarda 
buyruqlar ketma-ketligini chiziqli bo‘laklari ko‘pligi bilan tushuntiriladi. 
Sikllarni, dastur ostilarni, shartlar bo‘yicha shoxlanishlar va xokazolarni
tashkil qilishda uni aniq berish uchun buyruqlarni ishlatiladi, ularni OPK lari 
ma’lum boshqarishni uzatish buyrug‘ini kodlashtiradi. 
Mikrokontrollerda buyruqlarni bajarilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi. 
Tashlash impulsining ta’siri tugashi bilan protsessor rigistrlarini ishga tushirish 
amalga oshiriladi. Buyruqlar sanoq qurilmasiga boshlog‘ich ishga tushirish manzili 
kritiladi. Buyruqlar sanoq qurilmasidagi manzil bo‘yicha dasturlar hotirasining 
hududidan shina kontrolleri hosil qiladigan boshqarish signalining ta’siri ostida 
buyruqlar registriga kontroller bajaradigan dasturning navbatdagi buyrug‘i 
yuklanadi. 
Har qanday buyruqni bajarilishi elementar harakatlarning ketma-ketligidan 
iborat (mikrooperatsiyalar): operatsiya turini va talab etilayotgan operandalarni 
turgan joyini aniqlash, ularni hotiradan o‘qish, bajaruvchi blok uchun harakat kodini 
hosil qilish amallarini bajarish, natijani yozish, navbatdagi buyruq manzilini 
aniqlash maqsadida buyruqlarni shifrdan chiqarish. Bu amallarni batafsilroq ko‘rib 
chiqamiz. 


64 
4.2-chizma.Mikrokontroller protsessorining tarkibiy sxemasi 

Dasturlar hotirasidan OPK o‘qiladi, buyruqlar shifrdan chiqariladi va 
mikrodasturli avtomatga (MDA) beriladi, ushbu bosqichda buyruqqa ishlov 
berishga zarur bo‘lgan boshqarish signallari shina kontrolleridan keladi va u 
sinxronlashning har bir navbatdagi takti bilan ishlab chiqariladi. Protsessorda
arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni, surish, nolga o‘tqazishlarni arifmetik – 
mantiqiy qurilma (AMQ) tomonidan ta’minlanadi. Axborotlar ikkilik-o‘nlik 
tizimida ifodalanganda, maska kodi AMQ da bitlar ustida operatsiya 
bajarilayotganda va shuningdek konstanta kodini berganda konstantalar hotirasi 
tuzatish kodlarini hosil qilishni ta’minlaydi. AMQ da operatsiya bajarilgandan so‘ng 
vaqtincha axborotni saqlash uchun kirish operandalar registrlari mo‘ljallangan, 
unga axborot tegishli ko‘rsatuvchini ishlatib axborotlar hotira hududidan kiritiladi. 
Ахборотлар хотираси 
Кириш операндалар 
регистри 
Константалар 
хотираси 
АМҚ 
Натижалар 
регистри 
Сўз холат
регистри
Микропрограммали автомат 
Буюруқлар дешифратори 
Буюруқлар регистри 
Дастурлар хотираси 


65 
AMQ da operatsiyalarni bajarish to‘xtagach uning natijasi natijalar registriga 
kiritiladi, shuningdek operatsiyani bajarilish belgilari shakillanadi (to‘lish, surilish, 
natija ishorasi), u belgilar protsessorning so‘z holat registriga kiritiladi va operatsion 
tizim tomonidan o‘qilish va tahlillash uchun ega bo‘lishi mumkin (masalan, 
arifmetik to‘lish bo‘lganligi tufayli dasturning boshqa shoxchasiga o‘tishini 
tashkillashtirish uchun). So‘ng axborotlar ko‘rsatgichiga axborotlar hotira
yacheykasining manzili ketma-ket kiritiladi, ularga buyruqlar natijasini joylash 
zarur (bu manzillar chiqish operandalarning manzillar maydonidan olinadi) va 
axborotlar ko‘rsatgichi tomonidan manzillanib operanda natija registrlaridan 
axborotlar hotira yacheykasiga kiritiladi. MK protsessorlarida stek hotira ishlatiladi 
(operativ hotirani ajratilgan xududi), undan asosiy dasturdan chiqish nuqtalarini va 
uzilish dasturiga ishlov berib bo‘lgach unga qaytish jarayonini hotiralab qolishni 
joriy etish uchun foydalaniladi. 
MP ning eng oddiy funksiyalaridan biri - ikki sonni qo‘shishni ko‘rib 
chiqamiz. 
Faraz qilaylik, mikroprotsessoning buyruq so‘zining tarkibi quyidagi 
ko‘rinishga ega: 
Operatsiya kodi 
Operanda manzili 
Keyingi buyruq manzili 
4.1-jadval. 
OXQ 
yacheykasi 
Buyruq 
Harakat 
2051 
01 0641 2052 
0641 yacheyka qiymatini akkumulatorga yozish 
2052 
15 0642 2053 
0642 yacheyka qiymatini akkumulatorda 
qo‘shish 
2053 
02 0643 2054 
Akkumulator qiymatini 0643 yacheykaga 
yozish 
2054 
00 0000 0000 
To‘xta 
0641 
A qo‘shiluvchi


66 
0642 
V qo‘shiluvchi
0643 
Natija 
Bu holda dastur tarkibi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
1 – qadam –OXQ dan qo‘shiluvchilarni o‘qish; 
2 – qadam – qo‘shiluvchilarni arifmetik-mantiqiy qurilmaga (AMQ) yozish; 
3 – qadam – qo‘shish; 
4 – qadam – natijani OXQ yozish; 
5 – qadam – to‘xtash. 
Faraz qilaylik, operatsiya kodi quyidagicha: 
01 – operandani OXQ dan akkumulatorga chaqirish; 
02 – akkumulator qiymatini OXQ yozish; 
15 – akkumulatordagi qiymatni OXQ yacheykasidagi qiymatga qo‘shish; 
00 – to‘xtash. 
4.1-jadvaldan ko‘ramizki, mikroprotsessorning har bir buyrug‘iga operatsiya 
kodi to‘g‘ri keladi. Mikroprotsessorning operatsiyalar soni ichki buyruqlar 
registrining kattaligi bilan belgilanadi. Demak, agarda buyruqlar registrining 
razryadi 8 bitli bo‘lsa, u holda bundek mikroprotsessorning buyruqlar tizimida 
256 ta bo‘lishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish