52
berilishi mumkin bo‘lgan maksimal axborotlar kattaligi deb tushunish kerak bo‘ladi.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, axborotlar razryadligi o‘zgaruvchan
mikroprotsessorli tizimlar (MPS) ham bo‘ladi.
Buyruq va mikroprotsessorning buyruqlar tizimi
. Mikroprotsessor
tomonidan ma’lum uzunlikdagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifani buyruq deb
tushunish kerak bo‘ladi. Mikroprotsessorning buyruqlar tizimi – bu mikroprotsessor
uchun mo‘ljallangan funksiyalar to‘plami. Buyruqlar tizimining xususiyatlari bilan
tanishish uchun muhim bo‘lgan uchta belgi mavjut: buyruq uzunligi, funksional
belgisi va manzillash usuli.
Buyruqlar uzunligi (yoki baytlarni egallaydigan kattaligi bo‘yicha) bo‘yicha
quyidagilarga bo‘linadi: bir baytli, ikki baytli, uch baytli vahokazo. Bunda birinchi
bayt (ancha quvvatli protsessorlarda - so‘z) har doim buyruq kodi uchun ajratiladi,
keyingilari yoki axborotlardan yoki manzildan iborat bo‘ladi va ular bo‘yicha
hotirada saqlanadi.
Funksional belgilari bo‘yicha, ya’ni bajarilayotan harakatlar turi bo‘yicha,
buyruqlar quyidagi turlarga bo‘linadi: uzatish buyruqlar guruxi, arifmetik buyruqlar
guruxi, mantiqiy buyruqlar guruxi, o‘tishlarning buyruqlar guruxi, boshqarish
buyruqlar guruxi va stek bilan ishlash, kiritish/chiqarish buyruqlar guruxi,
protsessorni boshqarish buyruqlar guruxi, mahsuslashtirilgan buyruqlar guruxi.
Manzillash usuli bo‘yicha (ya’ni hotiraga murojat turi bo‘yicha yoki MP ichki
qurilmalari bo‘yicha) quyidagi buyruqlar turiga ajratiladi: registrli manzillash (MP
ichki registrlariga murojat buyruqlari), hotiraga bevosita murojat buyruqlari,
bilvosita murojat buyruqlari (hotira yacheykasi manzili aniq ko‘rsatilmagan
buyruqlar, protsessorning ichki registrlarida saqlanayotgan yoki hotira yacheykasida
saqlanayotgan ko‘rsatgich orqali). Turli mikroprotsessorlarda manzillashning
bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalarda ham mavjut.