46
axborot uzatishda protsessor ishtirok etadi, u axborot kodini qaysidir qurilmaga yoki
hotira yacheykasiga, yoki qaysidir qurilmadan hamda hotira yacheykasidan axborot
kodini qabul qilishi mumkin. Lekin protsessorning ishtirokisiz ham qurilmalar
o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshirish mumkin. Axborotlar shinasi har
doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi.
Boshqarish shinasining
manzillar shinasi va axborotlar shinasidan farqi, u
alohida boshqarish signallaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bu signallarning har birini
axborot almashuv vaqtida o‘z vazifasi bordir. Bazi signallar uzatiladigan yoki qabul
qilinadigan signallarni boshqarish signali bilan ta’minlash uchun (ya’ni, axborotlar
shinasiga axborot kodi qaysi vaqt momentlarida berilganligini aniqlaydi ) hizmat
qiladi. Boshqa boshqarish signallari axborotni qabul qilinganligini tasdiqlash,
barcha qurilmalarni boshlang‘ich holatga keltirish, barcha qurilmalarni taktlashtirish
va x.k. uchun ishlatilishi mumkin. Boshqarish shinasining signallarini yo‘llari bir
va ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
Va nixoyat,