47
manzilini jo‘natadi va axborotlar shinasidan unga axborot
kodini yuboradi yoki
undan axborot kodini axborotlar shinasidan qabul qilib (o‘qib) oladi. Hotirada
(operativ va doimiy) shuningdek boshqarish kodlari ham joylashtiriladi (protsessor
bajarayotgan dasturning buyruqlari), shuningdek protsessor ularni manzili bo‘yicha
manzillar shinasiga murojat qilish orqali axborotlar shinasidan o‘qib oladi. Doimiy
hotira asosan mikroprotsessor tizimini dastlabki ishga tushurish dasturlarini saqlash
uchun foydalaniladi, u har gal manba yoqilgandan so‘ng bajariladi. Axborot doimiy
hotiraga ishlab chiqaruvchi tomonidan bir marotaba doimiy yozib qo‘yiladi va
keyingi davr davomida undan faqat o‘qiladi.
Bozorda paydo bo‘lgan mikrokontrollerlar keng miqyosda tarqala boshladi va
hozirgi vaqtga kelib juda ko‘p sohalarda qo‘llanilmoqda, mikrokontrollerlarni ishlab
chiqish
kundan-kunga oshib bormoqda, ularni yiliga ikki milliarddan ko‘proq ishlab
chiqarmoqdalar.
Mkrokontrollerlar ishlatilish sohasi bo‘yicha, tashkillashtirilish tarkibi
bo‘yicha,
razryadligi, tashqi qurilma to‘plamlari, buyruqlar tizimi va boshqa
belgilari bo‘yicha mikrokontrollerlar oilalarga guruxlashtirilgan. Bundek oilaning
yorqin namoyondasi bo‘lib Motorola firmasining 32-razryadli
mikrokontrolleri,
Intel firmasining 16-razryadli MCS-96 mikrokontrollerlari, Atmel firmasining AVR
RISC-mikrokontrolleri, ko‘p
yadroli mikrokontrollerlar ARM, MicroChip
firmasining
ixcham PIC-kontrollerlari, Siemens firmasining umumiy vazifalar
uchun mo‘ljallangan SAB mikrokontrollerlari bo‘la oladi.