48
Bir necha yildan so‘ng Intel firmasi 8008 (o‘xshashi 4004) mikroprotsesorni
ishlab chiqardi, so‘z uzunligi 8 bit va katta bo‘lmagan
kompyuterni yaratish
mumkin bo‘lgan, yetarli darajada quvvatli 8080 mikroprotsesorni yaratdi. I8080
mikroprotsessori o‘nlik va 16-bitli arifmetik operatsiyalarni bajargan, dasturostilarni
chaqirgan hamda 64 Kbayt gacha hotirani manzillagan. Axborotlar shinasi 8
razryadli, manzillar shinasi esa - 16 bit. Rossiyada bu protsesorga o‘xshash
protsessor KR580IK80 ishlab chiqarilgan.
1980 yilda mikroprotsessordagi tranzistorlar soni 70 marotaba oshdi, so‘z
o‘lchami 16 bit ni tashkil etdi, tezligi esa 100 martta oshdi. Vaholanki shu davrda
kristallar uchun bazi bir jismoniy cheklanishlarga erishilgan, bozor shu yo‘nalishni
rag‘batlantirgan va 1980 yili I80386 mikroprotsessori dunyoga keldi.
Mikroprotsessorlarni
rivojlanishining
keyingi
bosqichi
protsessorga
o‘rnatilgan matematik soprotsesor I80486 1989 yili va 1993 yili Pentium yaratilishi
bo‘ldi.
1995 yili Pentium Pro (150 MGs, 512 Kb kesh) loyihalashtirilgan, uni server
uchun yaratilgan. U shu toifadagi protsessorlardan katta
kesh va arxitekturasi bilan
farqlanadi, qisman RISC arxitekturali protsessorlardan olingan. Intel firmasi birinchi
bor Pentium Pro ga dinamik bajarish (Dynamic Execution) texnologiyasini qo‘lladi,
ya’ni ko‘rsatmalar nafaqat ketma-ket bajariladi va shuningdek kodni shoxlanishini
bashorat qilish hamda ko‘rsatmalarni bajarilish tartibini qayta tartiblash hisobiga
parallel bajaradi. Buning natijasida protsessorning samaradorligi sezilarli darajada
oshdi, ya’ni takt davomida bajariladigan buyruqlar soni oshdi.
1998 yili PentiumII Xeon protsessori ishlab chiqarildi.
Bu protsessor
asosidagi tizimlar 4, 8 va undan ko‘p protsessorlardan tashkillashtirilgan bo‘lishi
mumkin.
1999 yili fevralning oxirlarida Pentium III yaratildi. 0,25 mkm texnolgiyada
ishlab chiqarilgan, yadrosi Katmai, SSE ko‘rsatmalar to‘plami qo‘shilgan, L1 kesh
o‘lchami 32 Kb (16+16), L2 kesh o‘lchami 512 Kb (yadroning chastotasini yarmida
ishlaydi, protsessor mikrosxemasi yonida kartridjda joylashgan).
49
2000 yil noyabr oxirida Intel firmasi Pentium 4 (kodlashtirilgan nomi
Willamette) protsessorini foydalanuvchilarga havola qildi, NetBurst arxitekturali
o‘zini o‘tmishdagi R6 dan tubdan farq qiladi. Asosiy farqi konveyerlar 20
bosqichgacha oshirilda, bu esa protsessor chastotasini
jiddiy oshirish imkonini
yaratdi. Birinchi nusxalarida chastota 1,4 va 1,5 GGs ni tashkil etgan. Qiziq holat:
ushbu protsessorning arifmetik-mantiqiy qurilmasi yadro chastotasidan ikki baravar
katta chastotada ishlaydi! Yangi protsessorda shuningdek ko‘rsatmalar bloki SSE
yangilandi va unga 144 ko‘rsatma bilan to‘ldirildi hamda SSE2 nomi berildi.
Birinchi bosqich kesh o‘zgardi, uning hajmi axborotlar uchun 8 Kb gacha kamaydi,
ko‘rsatmalarni saqlash uchun yangi ishlangan kesh (Trace Cache) hosil qilindi.
Intel protsessorlarining keyingi rivojlanishi 64-bitli arxitekturaga o‘tish bilan
bog‘liq – IA-64 (Intel Architecture-64 bit). Yangi protsessorlarning asosiy g‘oyasi
EPIC (Explicitly Parallel Instruction Computing –aniq paralleli buyruqlarga ishlov
berish). RISC va EPIC arxitekturalar o‘rtasidagi o‘xshashlik qolgan, biroq EPIC
texnologik jixatidan ancha zamonaviy va RISC g‘oyasining to‘laqon rivojlanishi deb
hisoblash mumkin. Buyruqlarni parallel bajarilishi buyruqlarni uchtadan gurux
bo‘lib berilishida, protsessor bir sikl davomida bir nacha guruxga ishlov bera oladi.
IA-64 arxitekturasining birinchi joriy etilishi 2001 yili amalga oshirildi, u Itanium
protsessori edi.
Protsessorlarni keyingi rivojlanish bosqichlari ko‘p yadroli arxitekturadagi
protsessorlarni yaratilishi bilan bog‘liq. Bundek arxitekturaning namayondasiga
misol qilib IntelXeon Processor 5400 keltirish mumkin.
Mikroprotsessor har qanday hisoblash qurilmasi
kabi ikki asosiy blokdan
tashkil topadi: boshqaruvchi va operatsion.
Mikroprotsessor kompyuterning eng muhim asosiy tashkiliy qismi bo‘lib va
kompyuter protsessor, operativ hotira hamda tashqi qurilmalardan iborat.