43
shuningdek ishlab chiqarishni arzonlashtirish imkoniyatlarini beradi. Shundek qilib,
azaltdan mikroprotsessorlarni shaxsiy kompyuterlarda
ishlatish uchungina emas,
balkim sanoatni va asbobsozlikni avtomatizatsiyalashtirish uchun dasturiy-
boshqaruvchi sifatida yaratilgandir. Keyinchalik mikroprotsessorlar asosida
mikrokontrollerlar yaratildi (dasturlanuvchi kontrollerlar-DK) – ishlov berish
dasturi oldindan yozilgan, alohida apparat (kompleks tarkibidagi) va ishlab chiqarish
bo‘limlarining ishini avtomatizatsiyalashtiruvchi vosita.
Boshqarish tizimlari bajaradigan masalalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
➢
boshqarish ob’ektining hozirgi ko‘rsatgichlarini o‘lchash;
➢
o‘lchangan ko‘rsatgichlarni raqamli ishlov
berish uchun qulay shaklga
keltirish;
➢
boshqarish ta’sirlarini hosil qilish maqsadida axborotlarni saqlash va
o‘zgartirish;
➢
kerakli ketma-ketlikda talab etilgan o‘lchamda boshqarish signalini hosil
qilish va ularni bajaruvchi qurilmalarga uzatish.
Mikroprotsessorlar arxitekturasidagi cheklanishlarning hisobiga
boshqarish masalalarini bevosita bajara olish imkoniyatlari yo‘q va
loyihalashtiruvchilar qo‘yilgan maqsadni amlga oshirish uchun ularni qo‘shimcha
qurilmalar to‘plami bilan ta’minlashga majbur bo‘ldilar, hususan: axborotlar va
dasturlar
hotirasi, shuningdek tashqi elementlar to‘plami: taymerlar, sanoq
qurilmalar, analog-raqam va raqam – analog o‘zgartiruvchi qurilmalari,
dasturlanuvchi kiritish-chiqarish kontrollerlari bilan.
Bundek boshqarish tizimiga ananaviy misol bo‘lib
quyidagi arxitektura
bo‘lishi mumkin: axborotlar, manzillar va boshqarish shinalari bo‘lgan
mikroprotsessor, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi dasturli DXQ,
o‘zgaruvchilarni va o‘lchash natijalarini saqlash uchun OXQ, tizimning ish tartibini
operator o‘zgartira olishi uchun boshqarish pulti, boshqarish ob’ektini
ulash uchun
qator tashqi qurilmalar.
Bayon etilgan tarkib uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan
juda ko‘p loyihalarda ishlatilgan, shu munosabat bilan bitta kristal yuzasiga ko‘p
44
ishlatiladigan boshqarish tizim elementlarini joylashtirish (integratsiya) g‘oyasi
paydo bo‘ldi (bundek g‘och oldin ham integral sxemalarni yaratishda tatbiq etilgan
).
Integratsiya g‘oyasini joriy etish 1978 yili Intel firmasini 8048 kodlangan
nom bilan chiqargan qurilmasi bilan sodir bo‘ldi,
keyinchalik mikrokontroller
nomini olgan va u avtomatizatsiyalashtirilgan boshqarish tizimlariga va
robototexnik tizimlarga o‘rnatiladigan boshqarish tizimlarning asosi bo‘lib qoldi.
Mikrokontroller deb bu yerda va keyinchalik tashqi qurilmalar to‘plamiga ega
bo‘lgan va texnik tizimlarda boshqarish masalalarini hal qilish uchun
qo‘llaniladigan dasturlanuvchi hisoblash qurilmasi tushuniladi.