O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Mikroprotsessor 
– bu mikrosxema yoki mikrosxemalar to‘plami (yoki 
kristallar) bo‘lib, axborotlar bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaruvchi 
hamda hisoblash jarayonini dasturiy boshqarishni amalga oshiruvchi umumiy 
hisoblashlar uchun mo‘ljallangan vosita. 


50 
Mikroprotsessorli vositalar
– bu mikrosxemalar to‘plami (katta integral 
sxema, KIS) bo‘lib, kuchlanish, signal hamda uzatiladigan axborot qiymati bo‘yicha 
mos va uning tarkibiga quyidagilar kiradi: MP, OXQ, kiritish-chiqarishni boshqarish 
qurilmasi vahokazolar. 
Masalani moxiyatini tushungan har bir mutaxassis o‘zining turlarga ajratish 
tizimini taklif etishi mumkin. Mavjut juda ko‘p mikroprotsessorlarni tartibga solish 
va ularni baholash ko‘rsatgichlarini tanlash uchun turlarga ajratish zarur. Shu 
sabablarga ko‘ra turlarga ajratishning har-hil ko‘rsatgichlari birinchi o‘ringa 
ko‘tarilishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan turlarga ajratishni ko‘rib chiqamiz. 
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra


universal, boshqarish va hisoblash vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan; 

mahsuslashtirilgan, faqat tor doiradagi boshqarish yoki hisoblash masalalarni 
bajarish uchun mo‘ljallangan (murakkab algebraik funksiya’ni hisoblash yoki 
aniq bir qurilmani boshqarish – stanok, avtomobil vahokazo). 
Ishlov beriladigan axborotning ko‘rinishi bo‘yicha


raqamli, binar signallar bilan ishlovchi, mantiqiy nol va birni belgilovchi. 
Odatda raqamli signal turiga ishora qilish maqsadga muvofiqdir: TTM yoki 
KMOYa texnologiyada ishlab chiqarilgan integral sxemalar; 

analog (uzuluksiz), uzuluksiz qiymatli signal bilan ishlovchi. Uzluksiz signal 
bo‘lgan holda kirish kuchlanishi va tokining ruxsat etilgan maksimal qiymati 
ahamiyatga ega. 
Axborotlarning razryadligi bo‘yicha


qayd qilingan, qayd qilingan razryadlikda bo‘lgan holda axborot uzunligini 
aniq qiymati ko‘rsatiladi (bit, bayt, so‘z vahokazo); 

o‘zgaruvchan, o‘zgaruvchan razryadlik bo‘lgan holda kvant qiymati 
ko‘rsatiladi, unda razryadlikni oshirish mumkin (2, 4 , 8 yoki 16 bit). 
Takt chastotasi bo‘yicha


statik, nolga teng takt chastotani quyi chegarasi mavjut, ya’ni MP takt 
chastotasi bo‘lmagan holda u “kutish” yoki “uyqu” holatga o‘tadi, takt 
chastotasi paydo bo‘lishi bilan ish holatga o‘tadi; 


51 

dinamik, nolga teng bo‘lmagan takt chastotasining quyi chegarasi mavjut, 
ya’ni sinxronizatsiya chastotasi quyi chegarasidan pasaysa MP normal 
ishlamaydi. 
Sinxronlash turi bo‘yicha


sinxron; 

asinxron; 
Turlarga ajratishning keyingi varianti ko‘p jixatdan oldingisiga o‘xshab 
ketadi. 
Joylashtirilishi (komponovka) bo‘yicha


bir kristalliy; 

ko‘p kristalliy; 

ko‘p kristalliy seksiyali. 
Boshqarish magistrallarining soni bo‘yicha


birlashtirilgan; 

ajratilgan. 
Buyruqlar tizimi bo‘yicha


qayd qilingan; 

o‘zgaruvchan. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish