69
Maskali DXQ turi
– mask-ROM. Bu turdagi DXQ yacheykalariga qiymatlarni
uning ishlab chiqarilish jaroyonida maskalar yordamida kiritiladi va keyinchalik
qiymatlarni o‘zgartirib yoki qayta dasturlab bo‘lmaydi. Shuning uchun bu turdagi
hotirali mikrokontrollerlarda dasturlarni uzoq vaqt sinashdan keyingina
foydalanish
mumkin. Bu hotiraning asosiy kamchiligi yangi shablonlarning to‘plamini
yaratilishidagi va ularni ishlab chiqarishga tatbiqidagi sarf harajatlarning yuqoriligi.
Odatda bu jaroyon 1 – 1,5 oyni tashkil etadi va iqtisodiy nuqtaiy nazardan minglab
nusxada ishlab chiqarilgandanina o‘zini oqlashi mumkin. Maskali DXQ axborotlarni
saqlashda yuqori ishonchlilikni ta’minlashining sababi, zavod sharoitida dasturlanib
so‘ng maxsulotni turli nazoratlardan o‘tkazilishidir.
Foydalanuvchi tomonidan dasturlanuvchi va ultra binafsha nurlar bilan
o‘chiruvchi DXQ
– EPROM (Erasable Programmable ROM). Bu turdagi DXQ
elektr signallari bilan dasturlanadi va ultra binafsha nurlash orqali o‘chiriladi.
EPROM hotira yacheykasi “suzuvchi” zatvorli metal oksid yarimo‘tkazgichli
(MOYa) – tranzistorlarda hosil qilingan va ularga zaryad boshqaruvchi zatvordan
kerakli elektr signali berilganida o‘tadi. Yacheyka qiymatini o‘chirish uchun uni
ultra binafsha nurlar bilan nurlantiriladi. Bu jaroyon bir necha sekunddan bir necha
minutgachan davom etishi mumkin. EPROM hotirali MK ko‘p marotaba qayta
dasturlanishi mumkin va u turdagi hotiralar keramik g‘ilofda kvarsli darcha
bilan
ishlab chiqariladi. Darcha ultra binafsha nurlarni hotira yacheykasiga tushishi uchun
mo‘ljallangan. Bundek g‘ilof ancha qimmat turgani uchun MK narxi ham
qimmatlashadi albatta. EPROM hotirali MK narxini arzonlatish uchun hotirani
darchasiz ishlab chiqariladi (EPROM bir marotaba dasturlanuvchi versiyasi).
Foydalanuvchi tomonidan bir marotaba dasturlanuvchi DXQ
- OTPROM
(One – Time Programmable ROM).
Bu turdagi hotira, MK narxini arzonlatish
uchun hotirani darchasiz ishlab chiqarilgan EPROM versiyasidan iborat. Bu kabi
g‘iloflarda ishlab chiqarilishi natijasida narxini kamaytirish shunchalik etiborliki,
oxirgi vaqtda EPROM versiyasiyalari ko‘pincha maskali DXQ hotira turi o‘rniga
ishlatilmoqda.
70
Elektr o‘chirishli foydalanuvchi tomonidan dasturlanuvchi DXQ
– EEPROM
(Electrically Erasable Programmable ROM). Bu
turdagi DXQ ni EPROM ning
yangi avlodi deb hisoblash mumkin, ularda hotira yacheykasi shuningdek elektr
signali orqali o‘chirish amalga oshiriladi. EEPROM qo‘llanilishi MK platasini
yechib olmasdan o‘chirish va dasturlash imkonini beradi. Shu usulda sozlashni
amalga oshirish va dasturiy ta’minotni yangi variantlarini yozish ham mumkin. Bu
esa mikrokontrollerli tizimlarni yaratishning boshlang‘ich bosqichlarida
yoki ularni
o‘rganish jaroyonida, qachonki tizimning ishlamaslik sababini topishga va dasturlar
hotirasini o‘chirish-dasturlash sikllarini bajarishga ko‘p vaqt ketqazilganda juda
katta yuutuq beradi. EEPROM narxi bo‘yicha OTPROM va EPROM larning
o‘rtasidagi o‘rinni egallaydi. EEPROM hotirasini dasturlash texnologiyasini
qo‘llanganda yacheykalarni baytlab o‘chirish va dasturlash imkoniyati mavjut.
EEPROM yaqqol avfzalliklariga qaramay MK faqat kam modellarida bundek hotira
dasturlarni saqlashga ishlatiladi. Buning sababi,
birinchidan EEPROM
chegaralangan hotira sig‘imiga ega. Ikkinchidan, deyarli EEPROM bilan bir vaqtda
Flash-DXQ ishlab chiqarildi, ular texnik ko‘rsatgichlari jixatidan bir hil bo‘lishi
bilan bir qatorda, lekin Flash-DXQ narxi ancha arzon.
Flash turidagi elektr o‘chirishli DXQ
- Flash – ROM. Vazifasi jixatidan Flash-
hotira EEPROM dan kam farq qiladi. Asosiy farqi yozilgan axborotni o‘chirish
usulidadir. EEPROM hotirasida har bir yacheyka alohida o‘chiriladi, Flash-hotirada
esa faqat bloklab o‘chirish mumkin. Agarda Flash-hotiraning bitta yacheykasining
qiymatini o‘zgartirish kerak bo‘lib qolsa, butun blokni boshqattan dasturlash kerak
bo‘ladi. EEPROM hotirasiga nisbatan dekoderlovchi sxemalarining soddalashishi,
Flash-hotirali MK lar nafaqat bir marotaba dasturlanuvchi DXQ li MK bilan
raqobatbardoshlik qilmaqda, maskali DXQ bilan ham raqobat qilmoqda.