213
Duemilanove – Atmega168 yoki Atmega328 mikrokontrollerdagi plata;
Diecimila – Arduino USB platforma
asosidagi versiyasi;
Nano –
maket sifatida ishlatiluvchi, ixcham platforma.
Nano kompyuterga
USB
Mini – V kabeli yordamida ulanadi;
Mega ADK – Android li telefonlar va USB interfeysli boshqa qurilmalar bilan
aloqa uchun USB - host interfeysni quvvatlovchi Mega 2560 plata versiyasi;
Mega 2560 – USB-portiga ketma-ket ulanish uchun ATMega8U2
chipi
ishlatilgan Atmega2560 mikrokontrolleri asosidagi plata;
Mega – Atmega1280 mikrokontrolleri asosidagi Mega seriya versiyasi;
Arduino BT – simsiz aloqa va dasturlash uchun Bluetooth modulli platforma;
LilyPad – matoga qo‘shib tikilishi mumkin bo‘lgan platformasi;
Fio – simsiz tatbiqlar uchun yaratilgan platforma.
Fio ning tarkibi: XBee radio
uchun raz’em, LiPo batareka uchun raz’em va zarayadlash
uchun joylashtirilgan
sxema;
Mini – Arduino ning eng kichik platformasi;
Pro – tajribali foydalanuvchilar uchun yaratilgan platforma, katta loyihaning
qismi bo‘lishi mumkin;
Pro Mini – Pro platformasi kabi tajribali foydalanuvchilar uchun yaratilgan,
arzon narx, kichik o‘lcham va qo‘shimcha imkoniyatlar kerak bo‘lgan vaziyatlarga
mo‘ljallangan.
Arduino Yun - Arduino
Leonardo asosidagi plata,
loyihalarda Internetni
ishlatish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan platalarning bazilarini ko‘rib chiqamiz.