217
ARM yadrosining muhim ajralib turadigan xususiyatlaridan biri – bu amaliy
jixatdan har qanday buyruqni shartli bajarish imkoniyatidir. Oldingi operatsiyaning
natijasiga bog‘liq holda shart bo‘yicha buyruqni
bajarishga berish mumkin, shart
to‘rtta bayroq holati bilan aniqlanadi – N (ma’nfiy natija bayrog‘i), Z (nolli natija
bayrog‘i), C (o‘tish bayrog‘i) va V (to‘lish). Agarda shart bajarilmasa, buyruq
NOP-operatsiya yo‘q kabi ifodalanadi. Bu esa yetarli darajada murakkab ishlov
berish algoritmlarni joriy etishga imkon beradi.
ARM yana bir xususiyati – surish operatsiyasini arifmetik va mantiqiy
amallarni va axborotlarni registrlar o‘rtasida o‘tishlarni buyruqlar bilan
birga bajara
olishidir.
ARM ning keyingi arxitekturaviy yechimlari ancha kengaytirilgan
buyruqlar tizimini olishga imkon berdi, shartli bajarilish imkonini talab etmaydigan
ARM ning birinchi buyruqlari paydo bo‘ldi, signallarga raqamli ishlov berish
algoritmlarini joriy etish ancha soddalashdi, multimediani
ishlov berishni
soddalashtiruvchi SIMD buyruqlarni quvvatlash qo‘shilgan. Bu seriyadagi
protsessorlar juda ham taniqli bo‘lib ketdilar. SoC kristalida tizim yaratuvchi
ko‘pchilik firmalar ARM protsessorini ishlatadilar: Apple (A4 protsessori), Nvidia
(Tega 2), Samsung (Exynos 4210), TI (OMAP4440).
Keltirilgan barcha yangiliklar DSP quvvatlash bilan birgalikda ARM
arxitekturasini mobil telefonlarda va mikrokompyuterlarda
ishlatilishi uchun juda
qulay qildi. ARM ning oxirgi versiyalari Cortex nomli mikrokontroller
yaratilishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda ARM kompaniyasi tomonidan uchta multiyadroli
arxitekturalar havola qilnmoqda: ARM11 MPCore, Cortex-A9 MPCore va Cortex-
A5 MPCore. Bu arxitekturalarning har biri bittadan to to‘rttagacha ARM11,
Cortex-A9 va Cortex-A5 yadrosi asosidagi protsessorlariga masshtablash mumkin.
Bittali protsessorlar uchun yozilgan kod multiyadrolida ham ishlatish mumkin.
MPCore protsessorlarini sohalarda maqsadli tatbiqi –
bu unumdorligi bilan
birgalikda cheklangan energeiya resurslariga yuqori talab qo‘yiladigan mobil
ilovalar. Cho‘qqi unumdorligi masshtablanishi sharofati tufayli protsessorlar
218
unumdorligiga yuqori talablar qo‘yilgan zamonaviy o‘rnatiladigan ilovalarni ham
yetarli darajada yengil bajara oladi.
Cortex protsessor yadrolari - klassik ARM arxitekturani rivojlantirish
natijasidir. Ancha
yuqori unumdorlik, dasturlash modelining murakkab emasligi,
uzilishlarga ishlov berish tizimining juda yaxshiligi va Cortex modelining arzonligi
sharofati tufayli borgan sari ommalashib borishiga sababchi bo‘lmoqda. Va bugungi
kunda Cortex protsessor yadrosi - bu standartlashtirilgan arxitektura oilasi bo‘lib,
keng doiradagi texnologik masalalarni yechish uchun mo‘ljallangandir.
Cortex oilasi uchta kichik oilaga bo‘linadi:
➢ Cortex-M – uncha qimmat bo‘lmagan o‘rnatiladigan ilovalar uchun;
➢ Cortex-A –unumdorligi yuqori ilovalar uchun;
➢ Cortex-R – real vaqt ilovalari uchun.