259
– uncha katta bo‘lmagan kuchlanish orqali (toklar bilan boshqariluvchi bipolyar
tranzistorlardan farqli) katta toklarni boshqarish uchun kalitdir. Bu mashg‘ulotda
motorning aylanish tezligini kuchlanishni o‘zgartirish orqali boshqariladi. MOSFET
berilayotgan kuchlanishni boshqarishni KIM (keng-impulsli modulyatsiya)
yordamida amalga oshiriladi. 5 mashg‘ulotda KIM ni raqamli signal yordamida
o‘zgaruvchan analog qiymatni olish uchun ishlatilishi bilan tanishilgan. Yuritma
tezligini boshqarish uchun o‘zgaruvchan qarshilikni ishlatiladi [2].
Laboratoriya ishini bajarish shartlari:
1. Arduino platasiga 11.1 sxemadagidek elementlarni ulang.
2. O‘zgaruvchan qashilik qiymatni o‘zgartirib motorning aylanish tezligini
o‘zgartiring.
3. Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot yozing.
Tinkercad.com dan foydalanib, 1-laboratoriya ishida keltirilgan ketma-
ketlikda virtual platformada ishni berilgan sxema bo’yicha yig’ib chiqiladi (11.1-
chizma).
11.1-chizma. Motorni Arduino ga ulanish sxemasi.