112
Kiritish-chiqarish tizimostisi umumiy holda ikki qismdan tashkil topgan:
ulardan birini kontroller deb ataladi, boshqasi esa kiritish-chiqarish qurilmasini (I/O)
o‘zidan iborat. Dasturchi nuqtaiy nazaridan kiritish-chiqarish tizimostisini unga ega
bo‘lish uchun o‘zining buyruqlari bo‘lgan alohida kiritish-chiqarishning maydoni
kabi ko‘rinishda yoki hotirani manzillar maydonining ma’lum qismi ko‘rinishida
tasavvur qilish mumkin. Kiritish-chiqarish maydoni n-razryadli registr (8,16,32
razryadli portlar ) ko‘rinishida tashkillashtirilgan va registrlar chiziqli
tartiblashtirilgan. Protsessor va I/O o‘rtasida axborot almashinuvi ikki turda
amalga oshiriladi: hizmatchi axborotlar va ishlov beriladigan yoki ishlov berilgan
axborotlar. Potsessordan beriladigan hizmatchi axborotlar
axborot almashish bilan
bog‘liq harakatlarni ishga tushiradi va boshqarish signali CW (Control Wprd)
yordamida havola qilinadi. Kiritish-chiqarish qurilmasidan hizmatchi axborotlar
protsessorni hozirdagi holati haqida xabar beradi, SW (Status Word) holat so‘zlari
deb ataladi. Ulardan farqli axborotlar DW (Data Word) axborotlar so‘zi yordamida
uzatiladi. Protsessor va kiritish-chiqarish qurilmasi almashuvchi hizmatchi
axborotlar hajmi kiritish-chiqarish qurilma turiga bog‘liq.
Eng oddiy qurilmalar
uchun hizmatchi axborotlar kerak emas, boshqalari uchun esa – boshqarish axboroti
va kiritish-chiqarish qurilmasining holati haqidagi axborotlar etiborli xajimga ega
bo‘lishi mumkin.
Ega bo‘lish maydonining o‘lchami (portlar jamlamasi) umumiy holda
protsessor va kiritish-chiqarish qurilma almashayotgan axborot hajmiga bog‘liq
emas. Bitta port orqali axborot massivini ketma-ket
uzatish amaliyoti keng
tarqalgan. Bu nafaqat kiritish-chiqarish maydonini tejashga bog‘liq va yana
kiritish-chiqarishni jismoniy interfeysining kengligini minimallashtirish bilan
hamda uni standartlashtirish bilan bog‘liqdir. Protsessor
va kiritish-chiqarish
o‘rtasidagi axborot almashuvi bo‘yicha kelishuv mavjut, uni almashuv protokoli deb
ataladi. Bu protokollar axborot almashuvini tashkillashtiruvchi kiritish-chiqarish
drayverlarini (dasturlar to‘plami) loyihalashtirish uchun asos bo‘lib hizmat qiladi.
Protsessor joriy etuvchi kiritish-chiqarish qurilmasi bilan axborot almashish
protsedurasi bevosita dastur tomonidan boshlanib va
amalga oshirlgan hollarga
113
almashishni dasturiy-boshqarilishi deyiladi. Dasturiy –boshqarishli almashuv
almashishning yagona turi emas, lekin
almashuvning eng samarali turi, shuning
uchun uni eng ko‘p qo‘llaydilar.
Eng oddiy ko‘rinishda kiritish-chiqarishning dasturiy–boshqarish jarayoni
kiritish-chiqarish qurilmasining holatidan qatiy nazar bajariladi. Almashuvning bu
turi
to‘g‘ri yoki
shartsiz deb atalgan. Toza ko‘rinishda to‘g‘ri kiritish-chiqarish
jarayonlari kiritish-chiqarish qurilmasi faqat har doim almashuvga tayyor bo‘lgan
shartda bo‘lishi mumkin.
Shartli kirish-chiqishning ikki turi mavjut: siklni egallash bilan va birgalikda.
Birinchi holda kontroller protsessor vaqtini yo‘qotib tayyorlikni kutish siklida
to‘xtaydi. Ikkinchi holda esa, agarda kiritish-chiqarish qurilmasi almashuvga tayyor
bo‘lmasa, protsessor kirish-chiqish operatsiyasini bajarmasdan asosiy masalani
bajarishga qaytadi. Biroq u yana kiritish-chiqarish qurilmasini almashuvga
tayyorligni tekshirishga takroran qaytishi mumkin va imkon bo‘lganda uni bajaradi.
Almashuv operatsiyasi tugatilgach kirish-chiqish
qurilmasining tayyorlik
signali olib tashlanishi kerak va faqat almashuvga yangitdan tayyor bo‘lganda yana
qo‘yilishi kerak. Bu maqsadda kirish-chiqish qurilmasiga operatsiya tugagani
haqida axborot berish kerak, buning uchun boshqarish so‘zlaridan biriga kiritilgan
CW tasdiqlash signali ishlatiladi. Bu turdagi hizmatchi axborotni almashish
protokolini chiptalash (kvitirovanie) deb ataladi. U kiritish-chiqarish
qurilmasi
belgilagan tezlikda axborotlarni ishonchli sinxron uzatishni ta’minlaydi.