166
Bir platali MK tizimlar – bu tayyor yechim, u bazi loyihalash bosqichlarini
yo‘q qilishi mumkin va dasturiy masalalarga ko‘p etibor qaratishga vaqt qoldiradi.
Mikrokontroller o‘zi yuqori darajali o‘zgartirib bo‘lmaydigan tarkibga ega mantiqiy
avtomat namoyondasi, shunga bog‘liq holda uni tizimli ishga tushirish variantlari
uncha ko‘p emas. Shuning uchun har qanday MK-tizimining yadrosini apparat
vositalarining tipik tarkibi (MK, DXQ, OXQ, katta integral sxema (KIS)
ko‘rinishidagi interfeys, sinxronlash va tizimli boshqarish sxemasi)
konstruktiv
jixatdan bir platali universal dasturlanuvchi kontrollerlar ko‘rinishda jixozlangan,
ular boshqarish ob’ektining yoki jarayonning konturiga o‘rnatishga mo‘ljallangan.
Bundek platalarning bazi modellarida foydalanuvchining montaj moydoni mavjut,
foydalanuvchi u maydonga o‘zining sxemalarini joylashtirish imkoni bor, optronli
ajratish, rele. Undan tashqari MK-tizimining platasiga elektr manba ham
joylashtirish mumkin.
Boshqarish tizimida bundek bir platali kontrollerni ishlatilishi
loyihalashtiruvchining ishini faqat ob’ekt bilan bog‘lanishning mahsuslashtirilgan
sxemalarini loyihalashtirishga olib keladi. Bog‘lash
qurilmalari uchun element
asosini tanlashda integral sxemalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir, diskret
komponentlar esa qo‘shimcha vazifalarni bajaradilar.
O‘rnatilgan tizimlar bozorida bir platali MK tizimlarining quyidagi form-
faktorlari (MK plata siandartlari) keng ko‘lamda tarqalgan: 3,5” (146 x 102 mm),
2,5” (100 x 72 mm, yana boshqacha nomi Pico ITX) va PC/104 (96 x 90 mm).
Keltirilgan yondoshuv bir platali MK tizimlarga o‘xshash, tayyor va uncha
qimmat bo‘lmagan
protsessor modullari paydo bo‘lguncha keng tarqalgan edi,
lekin ular uncha katta bo‘lmagan o‘lchami, standart interfeyslari borligi va
operatsion tizimlarni yaxshi quvvatlashi bilan farqlanadi. Ularni ishlatilganda
loyihalashtirish vaqti,
tizimli DT, testlash vaqti tejaladi va operatsion tizimni
moslashtirish vaqti, chunk ko‘pincha bularning hammasi tayyor protsessor
modulida oldindan bor bo‘lganligi uchun. Shundek qilib, ularni ishlatilishi tayyor
qurilmani bozorga chiqish vaqtini jiddiy kamaytiradi.
167
Protsessor moduli (ComputerOn-Module, CoM) “kristaldagi tizim” ni (SoC)
keyingi rivojlanishidir. CoM atamasining o‘zi ishlab
chiqariladigan kompyuter
platalarining qator sinfini bayon qilish uchun kiritilgan edi, u asosan sanoat
standarti COM-Express qabul qilingandan so‘ng yashab qoldi va keng
qo‘llanilmoqda.