169
Qseven standartida ishlab chiqaruvchilari mavjut. Zarurat bo‘lganda ishlab
chiqarilgan maxsulotni Qseven protsessor modulini shunga o‘xshash o‘zingizning
ishlanmangiz bilan almashtirish mumkin. Bunda modulni ishlab chiqarilish muddati
uncha katta bo‘lmaydi va o‘zingizni hisoblash platformangizga o‘tish mumkin
bo‘ladi yoki turli masalalar uchun bir hil standartda texnik ko‘rsatgichlari keng
oraliqdagi protsessor modullariga ega bo‘lish mumkin.
Shundek qilib, loyiha yaratuvchida protsessorni
ishlab chiqaruvchi bilan
modulni o‘zini ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida tanlash imkoniyati bor, bu esa
qo‘yilgan masaladan kelib chiqqan holda eng qulay qurilma tanlashda katta erkinlik
beradi. Agarda Qseven standartini ancha batafsil qaralsa, u holda quyidagi asosiy
xususiyatlarni qayd qilish mumkin bo‘ladi, boshqa “moduldagi kompyuter”
standartlardan foydali farq qiladi.
Birinchidan, standart yadroda ARM protsessorli modullardan va shuningdek
x86 arxitekturadan olinadigan barcha signallarni mantiqiy bayonini bergan. Shu
jumladan bu quyidagilarga ham tegishli:
➢ PCI Express, SATA, USB 2.0
+
, Gigabit Ethernet
kabi yuqori tezlikdagi
interfeyslar;
➢ LVDS, SDVO, HDMI va Display Port kabi grafik interfeyslar;
➢ asosiy sanoat interfeyslar (CAN, SPI, SDIO, 12C bularga ham).
Ikkinchidan, standartda keltirilgan:
➢ keltirilgan interfeyslarning signallarini to‘liq elektr bayoni;
➢ ulovchi raz’emlarni to‘liq konstruktorlik bayoni, unda signallarni raz’emdagi
joylashgan o‘rni ham ko‘rsatilgan;
➢ modul sxemalarini konstruktorlik bayoni.
Modullarning o‘lchami bor-yo‘g‘i 70 x 70 mm, qachonki SOM - Express da
bu o‘lcham 125 x 95 mm ni tashkil etadi, ETX/XTX uchun esa 114 x 95 mm dan
iborat. Tayyor bir platali kompyuter RS/104 formatli katta o‘lchamga ega – 96 x 90
mm. Ushbu axborot ochiq harakterga ega va har qanday xoxlovchi uchun Qseven
standart hujjatlarida bayon etilgan unga ega bo‘lish mumkin. Yuqorida o‘rnatilgan
170
tizimlar uchun boshqaruvchi protsessor modullarning turli variantlari ko‘rib
chiqildi. Demak, quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
1.Dolzarb loyihalarda ixcham yuqori unumdorli modul sifatida SOM - Express
ko‘riilsa arziydi. Ular unumdorligi yuqori,
uncha qimmat emas, lekini tashqi
sovutish moslama yoki katta radiator talab etadi.
2.Kam istemol qiluvchi yuqori unumdorli modul sifatida, faol sovutishsiz ishlatishga
Qseven standarti modulini tavsiya etiladi. Bu turli unumdorlikka ega, turli
platformalarda qurilgan protsessor oilasi bo‘lib, lekin SATA, USB, SPI, LPC lar
kabi standart interfeysga ega. Bundek modullar asosidagi
qurilmalarni amaliy
ishlatish tajribasi bor.
3.Sekin kechadigan jarayonlarni boshqarish uchun unumdoroligi kam modular
oilasidan o‘lchami, interfeyslari va narxi bo‘yicha to‘g‘ri kelgan xoxishiy modulni
ishlatish mumkin.
Mikrokontrollerli tizimning markaziy qismi protsessordir, uni model turini
tanlash va unga mos tegishli bo‘lgan elemenlarni tanlash
boshqarish masalasini
yechilish harakteriga bog‘liq. Interfeys sxemalarining ko‘rsatgichlari (filtrlar,
ARO‘, RAO‘, moslovchi kuchaytirgich) odatda standartlarga bo‘ysinadi va o‘lchash
oralig‘idan kelib chiqqan holda hamda kirish signal turiga bog‘liq holda tanlanadi,
shuningdek bajarish qurilma turiga ham etibor qaratiladi.
Modulda yoki bir platali kompyuterda o‘rnatilgan protsessor arxitekturasini
tanlashga operatsion tizim ta’sir qiladi. Va aksincha, agarda loyihalashtiruvchi
operatsion tizimni tanlashda cheklangan bo‘lsa, bu o‘rnatiladigan protsessorni
tanlashga ta’sir etishi mumkin.
Linux – eng universal operatsion tizimdir. U x86
ni ham quvvatlaydi,
shuningdek ARM ni ham quvvatlaydi. Ananaviy ARM ni tatbiq etilganda Linux
ishlatilgan va uning asosida qurilgan Android ishlatilgan. Yaqinda Microsoft ARM
arxitekturasi uchun Windows ni portladi. Bir platali kompyuterlarni va protsessorli
modullarni ARM protsessorlari bilan ko‘p ishlab chiqaruvchilari Linux ni qvvatlash
bilan cheklanadilar, bu esa ishlatilayotgan operatsion tizimga cheklanishlar qo‘yadi.
Ko‘rilayotgan holda x86 protsessorlari ancha universal bo‘lib qolmoqda. Ular Linux
171
bilan ham quvvatlanadi va Windows bilan ham quvvatlanadi, VxWorks yoki QNX
ishlatishga zarurat bo‘lganda to‘rozning pasongisi x86
protsessorlari tomonga
bosadi.
Windows hatto tizim narxini oshirsa ham, bu operatsion tizim uchun
yozilgan loyihalash va sozlash tizimi va malakali quvvatlashi dasturiy ta’minotni
katta xajmligini ko‘rsatsa ham Windows foydasiga hal bo‘lmoqda.