|
Jami taklif egri chizig’ida har bir bo’lagi muayyan iqtisodiy vaziyatni aks etadi
|
bet | 82/137 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #247086 |
Bog'liq 1 ta\'lim texnologiyasiJami taklif egri chizig’ida har bir bo’lagi muayyan iqtisodiy vaziyatni aks etadi.
Gorizontal o’qda joylashgan keyns bo’lakchasi o’zgarmas narxlar sharoitida ishlab chiqarish hajmidagi o’zgarishni ifoda etadi. Gorizontal keyns kesmasi iqtisodiyot turg’unlik fazasida ekanligi va resurlardan foydalanilmayotgan sharoitni ko’rsatadi va bu kesmada ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi narx darajasiga ta’sir etmasligini ko’rsatadi.
Vertikal o’qda joylashgan klassik bo’lakcha ishlab chiqarish hajmida o’zgarish bo’lmagan holatda narxlarning oshishi inflyatsiya sharoitini ko’rsatadi.Vertical yoki klassik kesma iqtisodiyotning to’liq bandlik sharoitidagi holatini ifodalab unda iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayotganini va narxning har qanday darajasida ham ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoni yo’qligini bildiradi.
Oraliq kesma – ishlab chiqarishning real hajmining o’sishi bilan narxlar ham o’sayotgan vaziyatni ko’rsatadi bunda ba’zi resurlardan va ish kuchidan to’la foydalanish amalgam osha boshlaydi.iqtisodiyot o’zining to’la imkoniyat darajasigayaqinlashib boradi. Bu bo’lakda ishlab chiqarish hajmining o’sishi narxlar darajasi bilan birga ro’y beradi.
Ilova №5
Makroiqtisodiy muvozanat
Yalpi talab bilan yalpi taklif egri chiziqlari kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalaydi. Makroiqtisodiy muvozanat bu har bir mamlakat iqtisodiyotining asosiy muammosidir. Jami talab va jami takliflarning o’zgarib turishi yalpi muvozanatni o’zgartirib turadi.
Yalpi talabning o’sishi milliy iqtisodiyotdagi yalpi taklif egri chizig’ining qaysi qismida yuz berganligiga qarab turli natijalarga olib keladi.
Agar yalpi talab yalpi taklif egri chizig’ining gorizontal qismida ro’y bersa, u holda milliy ishlab chiqarishning real hajmi oshadi va baholar o’zgarmaydi,
Agar mamlakatda yalpi taklif vertical bo’lak darajasida bo’lsa, bu holda talabning oshishi AD egri chiziqni AD1 gacha siljitadi , ya’ni narxlarning oshishiga olib keladi, ammo ishlab chiqarish hajmi o’zgarmaydi.
Agar milliy iqtisodiyot oraliq bo’lakda bo’lsa, u holda ishlab chiqarish hajmining o’shishi bilan narxlar ham oshadi.
Ilova №6
|
| |