O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash




Download 118,66 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2024
Hajmi118,66 Kb.
#233171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ingichka tolali paxtalar uchun QTTS dagi PLPXVM-02 uskunalar majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash

I. UMUMIY KISM


1.1. Chigitli paxtaning iflosligi.
CHigitli paxtaning tolasini chigitidan ajratish jarayonida undagi ifloslik va chet qo’shilmalarning tola sifatiga zarar qilmasligi uchun ular quritish-tozalash va tozalash tsexlariga o’rnatilgan mashinalarda dastlab ajratib tashlanadi.
G`o’za ko’saklarining etilish davrida barg va shoxchalar quriy boshlaydi, mo’rt bo’lib, oson sinib maydalanadi va ochilgan paxtaga ilashib uni ifloslantiradi.
CHigitli paxtani qo’l bilan terganda uning ifloslanish darajasi asosan terimchining diqqatiga bog`liq, mashina bilan terishda g`o’za barglarini to’ktirish (defoliatsiya) ishlarining o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishnga bog`liq.
G`o’za bargini sun`iy to’ktirish chigitli paxtaning ifloslngini kamaytirish bilan cheklanmay, ko’saklarning etilishini ham tezlashtiradi va birinchi sort paxtalar ulushini oshiradi.
Paxtani mashina bilan terishda mashinalarni to’g`ri rostlash va ishlatish alohida ahamiyotga ega. Bunda ochilgan chigitli paxtani va xom ko’saklarni erga to’kmaslikka intilish kerak. Buiing uchun paxta terish mashinalarining ish qismlarini daladagi g`o’zalarning qalinligiga va rivojlanish darajasiga moslab sozlash kerak.
CHigitli paxtani har xil iflosliklardan tozalash uchun kerakli mashinalar xilini tanlashda ularning fizika-mexanikaviy xususiyatlarini (o’lchamlari, kelib chiqishi, paxtaga ilashish darajasi va hokazo) nazarga olish katta ahamiyatga ega.
Paxtada uchraydigan aralashmalar kelib chiqishi jihatidan organik va mineral jismlar bo’lishi mumkin. Organik jismlarga g`o’za tupining qismlari (barg, shoxchalar, chanoq pallalari, gul barglari, meva bandlari) va boshqa o’simlik qismlari (g`umay va boshqa begona o’tlar) kiradi. Mineral qo’shilmalarga tosh, qum, tuproq, kesak va hokazolar kiradi. CHigitli paxtada bo’ladigan iflos qo’shilmalar o’lchami jihatidan shartli ravishda ikki gruppaga bo’linadi. Mayda aralashmalar gruppasiga teshiklari 10mm li to’rdan o’tadigan va yirik aralashmalar gruppasiga bunday to’rdan o’tmaydiganlari kiradi.
Aralashmalar paxtaga ilashishi jihatidan passiv yoki inertli va aktiv xillarga bo’linadi. Passiv yoki inertli aralashmalar paxta pallalarining sirtida bo’lab, engil silkitganda paxtadan oson ajraladi. Aktiv aralashmalarning paxtadan ajralishi qiyin bo’ladi. Aktiv aralashmalarni paxtadan ajratish uchun ularni avval passiv holatga keltirish kerak. SHuning uchun paxta tozalash mashinalarini tanlashda aralashmalarning xarakteriga va ularning chigitli paxtaga qanday yopishganligiga qarash kerak.
Paxtani xas-cho’plardan tozalash mashinalari qoziqli barabanlar sektsiyasi va arra barabanlar sektsiyasidan iborat bo’ladi. Mayda xas-cho’plar qoziqli barabanlar sektsiyasida yirik aralashmalar esa arrali barabanlar sektsiyasida yaxshi tozalanadi.
Paxta tozalash mashinalari ish unumi va tozalash effekti (chigitli paxtadan xas-cho’p, o’luk pa puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan xarakterlanadi. Mashinaning tozalash effekti mashinaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma massasining paxtada bo’lgan barcha aralashma massasiga nisbati bilan protsent hisobida aniqlanadi.
Mashinalarning tozalash effektiga ularning ish unumi, chigitli paxtaning namligi va iflosligi katta ta`sir qiladi. Mashinalarning ish unumi eng yuqori tozalash effektiga moslab oshiriladi. CHigitli paxtaning namligini iormal darajagacha kamaytirilganda tozalash effekti ko’payib, iflos qo’shilmalarning paxtadan ajralishi osonlashadi va ko’payadi. Namligi normal darajadan yuqori bo’lgan chigitli paxtani tozalaganda mashinaning tozalash effekti kamayishidan tashqari shu paxtaning tolasida qo’shimcha nuqsonlar ham ko’payadi. Bunn TSNIIXProm ma`lumotlaridan ko’rish mumkin (1.1-jadval).
Mashinaning tozalash effekti chigitli paxtadagi iflos qo’shilmalarning miqdoriga qarab o’zgaradi: iflos qo’shilmalar qancha ko’p bo’lsa, tozalash vaqtida shuncha ko’p ajraladi. Agarda chigitli paxtada iflos aralashmalar miqdori 0,5 dan kam bo’lsa bunday chigitli paxtani zavodda ishlaganda tozalash tsexidagi mashinalarni ishlatmasa ham bo’ladi. CHunki paxtani qayta ishlaganda keraksiz mashinalar ham ishlatilsa, tolada qo’shimcha nuqsonlar paydo bo’ladi.

1.1-jadval.


Toladagi nuqson va iflosliknnng chigitli paxta namligiga qarab o’zgarishi

CHigitli paxtaning ishlanish shartlari

Namligi, %

Iflosligi, %

Tolalardagi nuqsonlar, %

ifloslik

nuqsonlar, %

Quritgichdan o’tkazilmagan Quritgichdan o’tkazilgan

14,2
10,1

13,6
13,3

12,4
6,3

18,5
12,5




Download 118,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 118,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash

Download 118,66 Kb.